BROMGA BOY BO‘LGAN XAUDAK YEROSTI SUVI TARKIBINI FIZIK KIMYOVIY USULLAR ASOSIDA TAHLIL QILISH.
Keywords:
Xaudak yerosti suvi, brom, xlor, kalsiy, stronsiy, XRF, element tarkibi, mineralizatsiya, ajratish.Abstract
Ushbu tadqiqotda Xaudak neft suvining element tarkibi va undagi bromning mavjudligini aniqlash masalalari o‘rganildi. Tadqiqotning asosiy maqsadi neft suvi tarkibidagi mineral komponentlarni aniqlash hamda tarkibida mavjud bo‘lgan qimmatli elementlardan amaliy foydalanish imkoniyatlarini baholashdan iborat. Namuna tarkibi rentgen-fluoresans (XRF) analiz usuli yordamida tekshirildi. Tahlil natijalariga ko‘ra, Xaudak neft suvi tarkibida suv miqdori 94,030 %, xlor 5,189 %, kalsiy 0,695 %, kaliy 0,031 %, stronsiy 0,021 % va fosfor 0,004 % miqdorda mavjudligi aniqlandi. Shuningdek, brom miqdori 0,03 % ni tashkil etishi, yod esa tekshirilgan namunada aniqlanmaganligi qayd etildi. Olingan natijalar Xaudak neft suvining mineral tarkibi murakkab ekanligini va undagi bromni ajratib olish imkoniyatlarini o‘rganish ilmiy-amaliy jihatdan muhimligini ko‘rsatadi. Tadqiqot natijalari brom saqlovchi neft suvlarini qayta ishlash va ulardan qimmatli komponentlarni ajratib olishning istiqbolli texnologik yo‘nalishlarini ishlab chiqishda dastlabki ma’lumot sifatida foydalanilishi mumkin.
References
1.Кулматов Р.А., Умбаров И., Тураев Н.Й., Эшанходжаев С. Содержание и форма нахождения йода в подземных соленых водах Сурхандарьинской области // Узб. хим. жур. -2000. -№ 1. -С. 70-72.
2.Умбаров ибрагим амонович, Усовершенствование технологии выделения йода из йодных соединений, содержащихся в подземных соленых водах. ДИССЕРТАЦИЯ на соискание ученой степени доктора технических наук (Doctor of Science)