KORXONALARDA ZAMONAVIY XIZMATLARNI RIVOJLANTIRISHNING TASHKILIY-IQTISODIY MEXANIZMI: TARKIBIY ELEMENTLARI, OMILLARI VA FUNKSIYALARI
Keywords:
zamonaviy xizmatlar, tashkiliy-iqtisodiy mexanizm, xizmatlar portfeli, servitizatsiya, raqamli transformatsiya, quyi tizimlar, boshqaruv funksiyalari, rag‘batlantiruvchi va cheklovchi omillar.Abstract
Maqolada raqamli transformatsiya sharoitida korxonalarda zamonaviy xizmatlarni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi nazariy jihatdan asoslangan. Mexanizm tushunchasiga oid ilmiy yondashuvlar umumlashtirilib, mualliflik ta’rifi taklif etilgan. Mexanizm maqsadli, tashkiliy, iqtisodiy, institutsional va axborot-raqamli quyi tizimlardan iborat yaxlit tizim sifatida tavsiflanib, har bir quyi tizimning vazifasi hamda usul, dastak va vositalari aniqlangan. Mexanizm faoliyatiga ta’sir etuvchi tashqi va ichki, rag‘batlantiruvchi va cheklovchi omillar O‘zbekiston sharoitida tasniflangan. Mexanizmning yopiq boshqaruv tsiklini hosil qiluvchi oltita funksiyasi asoslanib, ulardan moslashtirish funksiyasining raqamli xizmatlar uchun alohida ahamiyati ko‘rsatilgan. Xulosada mexanizmni takomillashtirishga oid amaliy takliflar, xususan, xizmatlar strategiyasini ishlab chiqish, servis faoliyatini mustaqil bo‘linmaga ajratish, rag‘batlantirishni xizmatlar natijalari bilan bog‘lash va CRM tizimlarini joriy etish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.
References
1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida xizmatlar sohasini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5113-son qarori. www.lex.uz
2.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi “«O‘zbekiston – 2030» strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-158-son farmoni. www.lex.uz
3.Baines T.S., Lightfoot H.W., Benedettini O., Kay J.M. The servitization of manufacturing: a review of literature and reflection on future challenges // Journal of Manufacturing Technology Management. 2009. Vol. 20, No. 5. P. 547–567.
4.Gebauer H., Fleisch E., Friedli T. Overcoming the service paradox in manufacturing companies // European Management Journal. 2005. Vol. 23, No. 1. P. 14-26.
5.Lovelock C., Wirtz J. Services Marketing: People, Technology, Strategy. 7th ed. Boston: Pearson, 2011. 648 p.
6.Vargo S.L., Lusch R.F. Evolving to a new dominant logic for marketing // Journal of Marketing. 2004. Vol. 68, No. 1. P. 1-17.