RAQAMLI PLATFORMALAR DAVRIDA TIJORAT BANKLARINING RESURS POTENTSIALINI BOSHQARISH VA JALB QILINGAN MABLAG‘LAR UNUMDORLIGINI OSHIRISH
Keywords:
Tijorat banklari, resurs potentsiali, raqamli platformalar, bank ekotizimi, passivlarni boshqarish, jalb qilingan mablag‘lar, depozit siyosati, fintex, unumdorlik, Open API.Abstract
Ushbu ilmiy maqolada raqamli transformation sharoitida tijorat banklarining resurs potentsialini samarali boshqarish, ekotizim va platformali usullardan foydalangan holda jalb qilingan mablag‘lar unumdorligi hamda sifatini oshirish masalalari tadqiq etilgan. Maqolaning asosiy maqsadi bank xizmatlarini platformalashtirish sharoitida passivlar va resurs bazasini optimallashtirish, arzon va barqaror resurslarni jalb qilishning konseptual-uslubiy yondashuvlarini ishlab chiqishdan iboratdir. Tadqiqot jarayonida tijorat banklarida raqamli platformalar hamda fintex-ekotizimlarning joriy etilishi resurs potentsialini oshirishdagi o‘rni va ahamiyati atroflicha ilmiy tahlil qilindi. 2021–2025-yillar oralig‘ida O‘zbekiston Respublikasi bank sektorida jalb qilingan mablag‘lar dinamikasi, depozitlar tarkibi, raqamli bank xizmatlari ulushi hamda resurslar unumdorligi ko‘rsatkichlari amaliy tahlil qilinib, mavjud muammolar va tizimli imkoniyatlar aniqlandi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, ekotizimli yondashuv banklarga mijozlar bazasini kengaytirish va talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar ulushini oshirish orqali resurs narxini arzonlashtirish imkonini beradi. Maqolada tijorat banklarining resurs potentsialini platformali texnologiyalar vositasida boshqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy xulosalar hamda amaliy takliflar shakllantirilgan.
References
1.O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi O‘zRQ-580-son Qonuni. T., 2019-yil 5-noyabr (o‘zgartish va qo‘shimchalar bilan).
2.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. «2020–2025-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida»gi PF-5992-sonli Farmoni. T., 2020-yil 12-may.
3.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. «O‘zbekiston – 2030» strategiyasi to‘g‘risida»gi PF-158-sonli Farmoni. T., 2023-yil 11-sentabr.
4.O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining Qarori. «Tijorat banklarida likvidlikni va resurslarni boshqarishga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida»gi nizam (ro‘yxat raqami 2709-son). T., 2015-yil 13-avgust (qo‘shimchalar bilan).
5.O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. Bank tizimida raqamli texnologiyalarni joriy etish va ochiq banking bo‘yicha me’yoriy yo‘riqnomalar. T., 2023-y., 12-15-betlar.
6.Abdullayev YO.A., Qoraliyev T.M. Tijorat banklari resurslarini boshqarish va depozit siyosati. Darslik. – T.: «Iqtisod-Moliya», 2021. – 310 b.
7.Omayev A.A., Toymuhammedov I.R. Bank ishi va fintex-ekotizimlar. O‘quv qo‘llanma. – T.: «Noshir», 2022. – 265 b.
8.Jumaev N.H. Tijorat banklarida passivlar va aktivlarni kompleks boshqarish usullari. Monografiya. – T.: «Fan va texnologiya», 2023. – 195 b.