O‘ZBEKISTON TIJORAT BANKLARI KREDIT PORTFELIDA MUAMMOLI KREDITLAR (NPL) SHAKLLANISHINING ZAMONAVIY HOLATI VA BANKLARARO TAFAVUTLAR TAHLILI
Keywords:
tijorat banklari, kredit portfeli, muammoli kreditlar, NPL, kredit riski, kredit sifati, bank sektori, kreditlash.Abstract
Ushbu tezisda O‘zbekiston tijorat banklari kredit portfelida muammoli kreditlar (NPL — Non-Performing Loans)ning shakllanish holati va banklar kesimidagi tafovutlari tahlil qilingan. Tadqiqotda 2026-yil 1-avgust holatiga tijorat banklari bo‘yicha kreditlar hajmi, muammoli kreditlar summasi hamda NPLning jami kreditlardagi ulushi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalanilgan. Tahlil natijasida banklar o‘rtasida muammoli kreditlar darajasida sezilarli farqlar mavjudligi aniqlangan. Ayrim banklarda NPL ulushining yuqori bo‘lishi kredit portfeli sifati va kredit risklarini boshqarish masalalariga alohida e’tibor qaratishni talab qilsa, NPL darajasi past bo‘lgan banklarda kreditlash jarayonlarini samarali tashkil etish tajribasini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, O‘zmilliybankning NPL ko‘rsatkichi bank tizimidagi umumiy ko‘rsatkich bilan qiyosiy baholangan.
References
1.O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni. — O‘RQ-580-son, 2019-yil 5-noyabr.
2.O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni. — O‘RQ-582-son, 2019-yil 11-noyabr.
3.O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. Tijorat banklarining muammoli kreditlari (NPL) to‘g‘risida 2026-yil 1-avgust holatiga statistik ma’lumotlar. — Toshkent, 2026.
4.O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. Tijorat banklari faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha statistik ma’lumotlar. — Toshkent, 2026.
5.O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. Bank tizimi faoliyati bo‘yicha statistik ma’lumotlar va hisobotlar. — Toshkent, 2026.