PAHLAVONQULI RAVNAQ QASIDALARIDA IJTIMOIY MAZMUN VA BADIIY IFODA

PAHLAVONQULI RAVNAQ QASIDALARIDA IJTIMOIY MAZMUN VA BADIIY IFODA

Authors

  • Qurbonova Nodira Abdisoatovna Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Japon International School xususiy maktabi o‘qituvchisi

Keywords:

Kalit so‘zlar: Pahlavonquli Ravnaq, qasida, mumtoz adabiyot, ijtimoiy mazmun, badiiy ifoda, adolat, dunyo, charx, poetik obraz, ijtimoiy-falsafiy qarash.

Abstract

Mazkur tezisda XVIII asr o‘zbek mumtoz adabiyoti vakili Pahlavonquli Ravnaq ijodidagi qasida janrining mazmuniy-badiiy xususiyatlari tahlil qilinadi. Ravnaq qasidalarida an’anaviy madhiyaviy mazmun bilan bir qatorda davrning ijtimoiy hayoti, inson va jamiyat munosabati, adolat va adolatsizlik, dunyo va uning beqarorligi kabi masalalarning badiiy ifodalanishiga e’tibor qaratiladi. Shoirning qasida janridan foydalanish usuli faqat maqtov ifodasi bilan chegaralanmay, ijtimoiy-falsafiy mazmunni yoritish vositasiga aylangani ko‘rsatiladi. Shuningdek, qasidalardagi obrazlar, ramziy ifodalar va an’anaviy poetik vositalarning mazmunni shakllantirishdagi o‘rni yoritiladi. Tadqiqot natijasida Ravnaq qasidalarining shoirning individual poetik qarashlarini va davr ijtimoiy-estetik tafakkurini o‘rganishda muhim manba ekanligi asoslanadi.

References

1.Abdullayev, V. O‘zbek adabiyoti tarixi. Toshkent: O‘qituvchi, 1978.

2.Orzibekov, R. O‘zbek adabiyoti tarixi (XVII–XIX asrning I yarmi). Toshkent: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, 2006.

3.Munis, S. M., & Ogahiy, M. R. Firdavs ul-iqbol. Toshkent: Yangi asr avlodi, 2010.

4.O‘zbek adabiyoti tarixi. 5 jildlik. 3-jild. Toshkent, 1978.

5.O‘zbek adabiyoti. 5 jildlik. 5-jild, 1-kitob. Toshkent: Badiiy adabiyot nashriyoti, 1966.

6.Ravnaq, P. Devoni Ravnaq. Qo‘lyozma, inv. №922. Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, Toshkent.

7.Navoiy, A. Mukammal asarlar to‘plami. Toshkent: Fan, 1987.

8.Otamuratova, S. “Pahlavonquli Ravnaq ijodida tasavvufga munosabat.” Molodye uchenye, 2025.

9.“Pahlavonquli Ravnaq qasidasida dunyo (charx) masalasi.” Buxoro davlat universiteti ilmiy axboroti, 7(124), 2025.

Downloads

Published

2026-10-07
Loading...