OʻZBEKISTON FOND BOZORIDA AKSIYA NARXLARINI VAR VA MONTE-KARLO SIMULYATSIYASI ASOSIDA PROGNOZLASH
Keywords:
fond bozori, aksiya narxi, vektorli avtoregressiya, Monte-Karlo simulyatsiyasi, prognoz oraligʻi, VaR, CVaR.Abstract
Ushbu tadqiqotda “Qizilqumsement” AJ va “Uzmetkombinat” AJ aksiyalarining 2022-yil 2-iyundan 2026-yil 1-iyungacha boʻlgan kunlik narx dinamikasi ekonometrik usullar asosida tahlil qilinib, 252 ish kuniga moʻljallangan bir yillik prognoz shakllantiriladi. VAR modeli asosidagi nuqtaviy prognoz, mustaqil Monte-Karlo simulyatsiyasi hamda asosiy yondashuv sifatida VAR dinamikasini Monte-Karlo simulyatsiyasi bilan birlashtiruvchi model natijalari oʻzaro taqqoslanadi. Natijalar har ikki aksiya boʻyicha markaziy prognozning pasayish yoʻnalishida ekanini koʻrsatib, median oʻzgarish “Uzmetkombinat” AJ uchun −17,2 foizni, “Qizilqumsement” AJ uchun esa −23,2 foizni tashkil etdi; simulyatsiya natijalari sezilarli pasayish va dum riski mavjudligini koʻrsatdi.
References
1. Sims C.A. Macroeconomics and Reality // Econometrica. 1980. Vol. 48, No. 1. P. 1–48.
2. Lütkepohl H. New Introduction to Multiple Time Series Analysis. Berlin: Springer, 2005. 764 p.
3. Efron B., Tibshirani R.J. An Introduction to the Bootstrap. New York: Chapman & Hall, 1993. 436 p.
4. Glasserman P. Monte Carlo Methods in Financial Engineering. New York: Springer, 2004. 596 p.
5. Jorion P. Value at Risk: The New Benchmark for Managing Financial Risk. 3rd ed. New York: McGraw-Hill, 2007. 602 p.
6. Rockafellar R.T., Uryasev S. Optimization of Conditional Value-at-Risk // Journal of Risk. 2000. Vol. 2, No. 3. P. 21–41.