PSIXOLINGVISTIK TERMINLARNING LINGVISTIK VA PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI: O‘ZBEK VA QIRG‘IZ TILSHUNOSLIGI MISOLIDA
Keywords:
psixolingvistika, psixolingvistik termin, terminologiya, nutq, til, tafakkur, ichki nutq, lisoniy ong, nutqni idrok qilish, bilingvizm, o‘zbek tili, qirg‘iz tili.Abstract
Ushbu maqolada psixolingvistik terminlarning lingvistik va psixologik xususiyatlari o‘zbek va qirg‘iz tilshunosligi materiallari asosida qiyosiy tahlil qilinadi. Psixolingvistika til hodisalarini insonning ruhiy-kognitiv faoliyati, nutqni yaratish va idrok etish jarayonlari bilan bog‘liq holda o‘rganuvchi fanlararo yo‘nalish sifatida qaraladi. Tadqiqotda psixolingvistik terminlarning semantik, strukturaviy, funksional va terminologik xususiyatlari aniqlanadi. O‘zbek tilidagi psixolingvistika, ichki nutq, lisoniy yaratuvchanlik, lisoniy irsiyat, bilingvizm, nutqni idrok qilish kabi terminlar hamda qirg‘iz tilidagi психолингвистика, тил, кеп, ой жүгүртүү, тилдик аң-сезим kabi tushunchalar qiyosiy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Shuningdek, xalqaro terminlarning o‘zbek va qirg‘iz tillariga o‘zlashishi, kalkalash va milliy til imkoniyatlari asosida termin yaratish masalalariga e’tibor qaratiladi. Tadqiqot natijalari psixolingvistik terminlar ikki asosiy component – lingvistik va psixologik-semantik komponentning uzviy birligi asosida shakllanishini ko‘rsatadi.
References
1.Usmonova Sh., Shamsiyeva Sh. “Psixolingvistika”. Bookmany Print. 2022-yilda. – B.188.
2.https://uz.wikipedia.org/wiki/Psixolingvistika.
3.Axmedova, N. Psixolingvistika va unga oid ayrim terminlar xususida. Eurasian Journal of Academic Research, 2024, 4(6), 102-106.
4.Axmedova, N. Psixolingvistik terminlarning leksikografik talqini. Modern Science and Research, 2024, 3(4), 255–257. DOI: 10.71337/inlibrary.uz.science-research.30712.
5.Xudoyberganova D. “Zamonaviy tilshunoslik terminlarining izohli lugʻati”. – Toshkent. Bookmany print. 2024. – B.112.
6.Орузбаева Бүбүйна Өмүрзаковва. Лингвистикалык терминдердин орусча - кыргызча сөздүгү. ‒Фрунзе: Издательство Тилим, 1972. – B.6.
7.Rakhmonkulov, A. R. Psixolingvistik terminlarning chog‘ishtirma tahlili. Ta’limning zamonaviy transformatsiyasi, 2025, 16(1), 34–36.
8.Abdyjapar uulu, M. Akademik B. Oruzbayeva jana kyrgyz terminologiyasy. Qirg‘iziston Milliy fanlar akademiyasi nashri.
9.Abdykalyqova, A. A., Sadykova, K. K. Tynystanov: kyrgyz terminologiyasy jana lingvistikalyk terminder. Qirg‘iziston Milliy fanlar akademiyasi.