2-TUR QANDLI DIABET FONIDA YURAK SURUNKALI YETISHMOVCHILIGINING KECHISH XUSUSIYATLARI
Keywords:
2-tur qandli diabet, yurak surunkali yetishmovchiligi, giperglikemiya, insulin rezistentligi, yurak yetishmovchiligi, funksional sinf, 6 daqiqalik yurish testi, jismoniy yuklamaga tolerantlik.Abstract
Ushbu tezisda 2-tur qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda yurak surunkali yetishmovchiligining klinik kechish xususiyatlari o‘rganildi. Qandli diabetda uzoq davom etuvchi giperglikemiya, insulin rezistentligi, dislipidemiya va endotelial disfunksiya yurak-qon tomir tizimining strukturaviy va funksional holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Tadqiqotda bemorlarning asosiy klinik shikoyatlari, yurak yetishmovchiligining funksional sinfi, qandli diabet davomiyligi va jismoniy yuklamaga tolerantligi baholandi. Tekshiruv natijalarida hansirash, tez charchash, pastki ekstremitalarda shishlar va yurak urishi eng ko‘p uchraydigan klinik belgilar sifatida aniqlandi. Yurak yetishmovchiligining funksional sinfi og‘irlashishi bilan 6 daqiqalik yurish testida bosib o‘tilgan masofaning kamayishi kuzatildi. Olingan natijalar 2-tur qandli diabet mavjud bemorlarda yurak yetishmovchiligining klinik va funksional holatini kompleks baholash muhimligini ko‘rsatadi.
References
1.American Diabetes Association Professional Practice Committee. Standards of Care in Diabetes—2025. Diabetes Care. 2025;48(Suppl. 1).
2.American Diabetes Association. Heart Failure: An Underappreciated Complication of Diabetes. A Consensus Report of the American Diabetes Association. Diabetes Care. 2022;45(7):1670–1690.
3.Cosentino F., Grant P.J., Aboyans V., et al. 2019 ESC Guidelines on diabetes, pre-diabetes, and cardiovascular diseases developed in collaboration with the EASD. European Heart Journal. 2020;41(2):255–323.
4.Dunlay S.M., Givertz M.M., Aguilar D., et al. Type 2 Diabetes Mellitus and Heart Failure: A Scientific Statement From the American Heart Association and the Heart Failure Society of America. Circulation. 2019;140:e294–e324.
5.Heidenreich P.A., Bozkurt B., Aguilar D., et al. 2022 AHA/ACC/HFSA Guideline for the Management of Heart Failure. Circulation. 2022;145:e895–e1032.
6.Marx N., Federici M., Schütt K., et al. 2023 ESC Guidelines for the management of cardiovascular disease in patients with diabetes. European Heart Journal. 2023;44(39):4043–4140.
7.McDonagh T.A., Metra M., Adamo M., et al. 2021 ESC Guidelines for the diagnosis and treatment of acute and chronic heart failure. European Heart Journal. 2021;42(36):3599–3726.