OLIY TA’LIM TALABALARIDA RAQAMLI MUHITDA MAS’ULIYATLI KOMMUNIKATIV XULQ-ATVORNI SHAKLLANTIRISH METODIKASI
Keywords:
Kalit so‘zlar: raqamli kommunikatsiya, kommunikativ xulq-atvor, raqamli muloqot, netiket, raqamli empatiya, virtual muloqot, konflikt, kommunikativ kompetensiya, oliy ta’lim, talaba, raqamli madaniyat.Abstract
Mazkur maqolada oliy ta’lim talabalarida raqamli muhitda mas’uliyatli kommunikativ xulq-atvorni shakllantirish metodikasining pedagogik asoslari yoritilgan. Raqamli kommunikatsiya vositalarining ta’lim jarayoni, ijtimoiy munosabatlar va kundalik muloqotdagi o‘rni kengayib borayotgan bir sharoitda talabalarning virtual muhitda fikr bildirish, suhbatdoshni tinglash, turli nuqtayi nazarlarni hurmat qilish, nizoli vaziyatlarni konstruktiv hal qilish va raqamli muloqotning etik me’yorlariga rioya qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotda raqamli kommunikativ xulq-atvorning motivatsion-empatik, kognitiv, kommunikativ-operatsion, konfliktologik va refleksiv komponentlari aniqlashtirilgan. Talabalarda mas’uliyatli raqamli muloqotni shakllantirishga yo‘naltirilgan “Tushunish – Muloqot – Tinglash – Hurmat – Hamkorlik – Refleksiya” metodik modeli ishlab chiqilgan. Model asosida kommunikativ vaziyatlarni modellashtirish, virtual debat, case-study, raqamli rolli o‘yinlar, konfliktli vaziyatlarni tahlil qilish, “xabarni qayta yozish” va refleksiv topshiriqlardan foydalanish imkoniyatlari asoslangan.
References
1.Council of Europe. Digital Citizenship Education Handbook. Strasbourg: Council of Europe.
2.European Commission. The Digital Competence Framework for Citizens: DigComp 2.2. Luxembourg: Publications Office of the European Union, 2022.
3.UNESCO. Media and Information Literacy: Curriculum for Teachers. Paris: UNESCO.
4.Ribble M. Digital Citizenship in Schools: Nine Elements All Students Should Know. ISTE.
5.Buckingham D. Media Education: Literacy, Learning and Contemporary Culture. Polity Press.
6.Goleman D. Emotional Intelligence. Bantam Books.
7.Rosenberg M.B. Nonviolent Communication: A Language of Life. PuddleDancer Press.
8.Hobbs R. Digital and Media Literacy: A Plan of Action. Aspen Institute.
9.Livingstone S. Children and the Internet: Great Expectations, Challenging Realities. Polity Press.