YANGI O‘ZBЕKISTONDA TADBIRKORLIK FAOLIYATI ERKINLIGINING HUQUQIY KAFOLATLARINI TAKOMILLASHTIRISH

YANGI O‘ZBЕKISTONDA TADBIRKORLIK FAOLIYATI ERKINLIGINING HUQUQIY KAFOLATLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Authors

  • Karimov Islombek Ilxambek o‘g’li “LAWYERS FAMILY” advokatlik byurosi advokati

Keywords:

tadbirkorlik, tadbirkorlik faoliyati erkinligi, huquqiy kafolatlar, tadbirkorlik subyekti, xususiy mulk, huquqiy aniqlik, qonunchilik barqarorligi, tadbirkorlik subyektining haqliligi prezumpsiyasi, davlat organlari, tadbirkorlik huquqi.

Abstract

Mazkur maqolada Yangi O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyati erkinligini ta’minlashning huquqiy kafolatlari, tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning zamonaviy mexanizmlari hamda davlat organlari bilan tadbirkorlik subyektlari o‘rtasidagi huquqiy munosabatlarni takomillashtirish masalalari tahlil qilinadi. Xususan, 2026 yil 17 avgustda qabul qilingan O‘RQ–1168-son Qonun bilan tadbirkorlik faoliyati erkinligi kafolatlarining asosiy prinsiplari qonun darajasida belgilab berilgani, ularning tadbirkorlik muhitida huquqiy aniqlik, barqarorlik va ishonchni ta’minlashdagi ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining tengligi, xususiy mulkning daxlsizligi, korrupsiyadan xoli bo‘lish, qonunchilikning barqarorligi va aniqligi kabi prinsiplarning huquqiy mazmuni ochib beriladi. Maqolada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 27 avgustdagi PF–175-son Farmonida belgilangan tadbirkorlik subyektining haqliligi prezumpsiyasi ham tadbirkorlik faoliyati erkinligining muhim kafolati sifatida tahlil qilinadi.

References

1.O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2023.

2.O‘zbekiston Respublikasining 2000 yil 25 maydagi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi 69-II-son Qonuni.

3.O‘zbekiston Respublikasining 2026 yil 17 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlarini mustahkamlashga hamda tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ–1168-son Qonuni.

4.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 27 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–175-son Farmoni.

5.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 17 apreldagi “Tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarni cheklash va nazorat tadbirlarining shaffofligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–63-son Farmoni.

6.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 14 noyabrdagi “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–184-son Farmoni.

7.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 13 sentyabrdagi tadbirkorlik subyektlari faoliyatida davlat nazoratini takomillashtirishga oid PQ–374-son qarori.

8.O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi — LexUZ.

9.Tadbirkorlik huquqi bo‘yicha ilmiy-huquqiy adabiyotlar va ilmiy maqolalar.

Downloads

Published

2026-09-23
Loading...