TASAVVUFIY ISTILOHLAR MOHIYATI VA YONDOSH TIMSOLLAR
Keywords:
Tasavvuf, ma’naviy kamolot, Fano, Baqo, Ishqi ilohiy, Tajalliy, Tavhid, Suluk, Maqomot, Ma’rifat, Zuhd, Rizolik, ramziy timsollar.Abstract
Ushbu tezisda tasavvuf ilmida qo‘llaniladigan asosiy istilohlar va ularning badiiy timsollar bilan bog‘liqligi tahlil qilinadi. Unda “Vahdat ul-vujud”, “Fano”, “Baqo”, “Ishqi ilohiy”, “Tajalliy”, “Suluk”, “Marifat”, “Zuhd” kabi tasavvufiy tushunchalar va ularning ramziy timsollari — sham, gul, daryo, cho‘l, quyosh nuri, ko‘zgu, dengiz kabi obrazlar orqali ko‘rsatilgan. Ushbu istilohlar va ramzlar solikning ilohiy haqiqatni anglash yo‘lida boshidan o‘tadigan turli ruhiy bosqichlarini aks ettiradi. Tezis tasavvufiy g‘oyalar va adabiyotdagi ramzlar tizimining insonning ma'naviy yuksalishi uchun qanday ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. Shuningdek, tasavvufning nazariy asoslarini ishlab chiqqan olimlar va mutasavvuflarning fikrlarini tahlil qilgan holda, tasavvuf adabiyotining nafaqat falsafiy, balki badiiy jihatlari ham ochib berildi.
References
1.Haqqulov I.Tasavvuf va she’riyat.–Toshkent, 1991.
2 .Komilov N.Tasavvuf.–Toshkent:Movarounnahr O‘zbekiston, 2009.
3.Navoiy A. “G’aroyib us-sig’ar”.
4. Süleyman Uludağnıng .Tasavvuf terimleri sözlüğü.–Istanbul, 1995.