DONLAR QADOQLASHNI AVTOMATIK BOSHQARISH TIZIMINI ISHLAB CHIQISH
Keywords:
Texnologik jarayon va boshqariladigan parametrlar. Dozalab qadoqlash liniyasi ketma-ket bir necha bosqichdan iborat: donning qabul bunkeriga tushishi, oraliq bunkerdan shnek yoki vibrotransportyor orqali dozalash idishiga uzatilishi, og‘irlik bo‘yicha dozalash, paketga to‘ldirish, issiqlik bilan germetik yopish va tayyor mahsulotning sifat nazorati.Abstract
Donlarni qadoqlash oziq-ovqat sanoatida mahsulot sifatini va iste’molchi ishonchini belgilovchi muhim texnologik bosqich hisoblanadi. Amaldagi talablarga muvofiq qadoqlangan mahsulot og‘irligining nominal qiymatdan chetlanishi ±0,3–1 % oralig‘ida. Donlar sochiluvchan donador material bo‘lgani sababli uning oqim tezligi bunker to‘ldirilganlik darajasiga, zarrachalar orasidagi ishqalanish kuchiga va namlikka bog‘liq. Zichlikning beqarorligi esa hajm va massa o‘rtasidagi nisbatni doimiy saqlashni qiyinlashtiradi. Ko‘p hollarda kaskad tuzilmalar qo‘llaniladi. Donni dozalab qadoqlash jarayoni uchun yettita o‘zaro bog‘liq konturdan iborat avtomatik boshqaruv tizimi — sochiluvchan materialga xos beqarorliklarni kompensatsiya qiluvchi tizim tuzilmasini asoslash, har bir konturning vazifasi, kirish-chiqish signallari va boshqaruv qonunini aniqlashtirish strukturasi tavsiya etiladi.