YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGINI TA’MINLOVCHI ORGANLAR FAOLIYATIDA KORRUPSIYAVIY XAVF-XATARLARNI BARTARAF ETISHNING KRIMINOLOGIK MEXANIZMLARI
Keywords:
korrupsiya, yo‘l harakati xavfsizligi, mansabdor shaxs, korrupsiyaviy xavf, kriminologik mexanizm, manfaatlar to‘qnashuvi, diskretsion vakolat, profilaktika, raqamlashtirish, institutsional nazorat.Abstract
Mazkur tezisda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlovchi vakolatli organlar faoliyatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan korrupsiyaviy xavf-xatarlarning kriminologik tabiati, ularni vujudga keltiruvchi institutsional va tashkiliy omillar hamda mazkur xavflarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish mexanizmlari tadqiq etiladi. Korrupsiyaning transport sohasidagi xavfliligi faqat mansabdor shaxsning noqonuniy manfaatdorligi bilan emas, balki yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha qabul qilinadigan qarorlarning xolisligi va qonuniyligiga putur yetkazishi bilan belgilanadi. Tadqiqotda yuqori darajadagi diskretsion vakolatlar, nazorat mexanizmlarining nomutanosibligi, xizmat jarayonlarining yetarli darajada raqamlashtirilmaganligi, manfaatlar to‘qnashuvi va javobgarlikning muqarrarligi tamoyilining zaiflashuvi korrupsiyaviy xavfning asosiy determinantlari sifatida tahlil qilinadi. Korrupsiyaga qarshi kurashishning faqat jazolovchi modelidan xavflarni oldindan aniqlash va boshqarishga asoslangan kriminologik modelga o‘tish zarurligi asoslanadi.
References
1.United Nations Office on Drugs and Crime. (2013). Guidebook on anti-corruption in the public sector. United Nations.
2.United Nations Office on Drugs and Crime. (2019). State of integrity: A guide on conducting corruption risk assessments in public organizations. United Nations.
3.OECD. (2017). Preventing corruption in public procurements. OECD Publishing.
4.OECD. (2020). Public integrity handbook. OECD Publishing.
5.Rose-Ackerman, S., & Palifka, B. J. (2016). Corruption and government: Causes, consequences, and reform (2nd ed.). Cambridge University Press.
6.Klitgaard, R. (1988). Controlling corruption. University of California Press.