BUXORO SHAHRIDAGI QABRISTON YERLARINI GNSS/RTK VA GIS TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA MONITORING QILISH VA RAQAMLI REYESTRINI SHAKLLANTIRISH

BUXORO SHAHRIDAGI QABRISTON YERLARINI GNSS/RTK VA GIS TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA MONITORING QILISH VA RAQAMLI REYESTRINI SHAKLLANTIRISH

Authors

  • Adizova Farangiz Nurali qizi Buxoro davlat texnika universiteti tayanch doktoranti.

Keywords:

Kalit so‘zlar: qabriston yerlari, GNSS, RTK, GIS, yer monitoringi, davlat yer kadastri, raqamli reyestr, ortofoto, fazoviy ma’lumotlar, Buxoro shahri.

Abstract

Annotatsiya. Maqolada Buxoro shahri hududida joylashgan qabriston yerlarini zamonaviy geodezik va geoaxborot texnologiyalari asosida monitoring qilish, ularning fazoviy chegaralarini aniqlashtirish hamda yagona raqamli reyestrini shakllantirish masalalari tadqiq qilingan. Tadqiqot doirasida 37 ta qabriston obyektining huquqiy-kadastr ma’lumotlari, amaldagi yer maydonlari, chegara holati, muhandislik infratuzilmasi va joylashuv xususiyatlari tahlil qilindi. Dala tadqiqotlarida GNSS/RTK bazaviy-rover texnologiyasi, geodezik o‘lchash, mavjud kadastr materiallarini solishtirish, ortofoto va GIS qatlamlarini integratsiyalash usullaridan foydalanildi. Tahlil natijasida o‘rganilgan qabristonlarning umumiy maydoni 86,26985 gektarni tashkil etishi, obyektlarning ayrimlarida huquqiy hujjatlar va amaldagi fazoviy konturlar o‘rtasida tafovutlar mavjudligi aniqlandi. 37 ta obyektning 23 tasida, ya’ni 62,2 foizida yer ajratish bo‘yicha hokim qarori mavjud bo‘lsa, 21 ta obyekt yoki 56,8 foizida shakllangan kadastr hujjati mavjud. Tadqiqot natijasida qabristonlar uchun GIS asosidagi raqamli reyestrning konseptual tuzilmasi taklif etildi. Ushbu tizim yer maydoni, koordinatalar, kadastr identifikatori, huquqiy maqom, infratuzilma va monitoring natijalarini yagona geoaxborot muhitida boshqarish imkonini beradi.

References

1.O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi. Yer monitoringi va davlat yer kadastriga oid normalar.

2.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 4-apreldagi 101-son qarori. “Dafn etish va dafn ishi to‘g‘risida”gi qonunni amalga oshirish chora-tadbirlari.

3.Zucatelli G.F., Centeno J.A.S. Integration of UAV-GNSS-GIS Technologies in a University Extension Project for Religious Cemetery Management: A Case Study at Martin Luther Church. ISPRS Annals of the Photogrammetry, Remote Sensing and Spatial Information Sciences, 2026, 387–391. doi:10.5194/isprs-annals-X-3-W4-2025-387-2026.

4.Schmidt M.L., Yuan F., Jang W. Cemetery Mapping and Digital Data Analysis: A Case Study in Minnesota, USA. Journal of Geography and Geology, Vol. 12, No. 2. doi:10.5539/jgg.v12n2p40.

5.Valgunadi A.N., Nandi, Astari A.J. Threshold Analysis of Public Cemeteries for Mapping the Suitability of New Public Cemeteries in the Future Using Remote Sensing and Geographic Information Systems in Tasikmalaya City. Jurnal Geografi, Edukasi dan Lingkungan, 2024, 8(2), 219–241. doi:10.22236/jgel.v8i2.14560.

Downloads

Published

2026-09-11
Loading...