EKSPORT FAOLIYATINI MOLIYAVIY QO‘LLAB-QUVVATLASHDA SOLIQ VA BOJXONA IMTIYOZLARINING IQTISODIY AHAMIYATI
Keywords:
Eksportchilar uchun QQSni qaytarish mexanizmining iqtisodiy samarasi, eng avvalo, uning tezkorligi bilan belgilanadi. Soliq qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning dastlabki to‘qqiz oyida soliq to‘lovchilarga qariyb 16,8 trln so‘m miqdorida QQS qaytarilgan.Abstract
Jahon xo‘jaligida raqobatning tobora kuchayib borishi eksportchi korxonalardan nafaqat mahsulot sifati va tashqi bozor talablariga moslashishni, balki eksport operatsiyalari bilan bog‘liq moliyaviy xarajatlarni maqbullashtirishni ham talab etmoqda. Shu jihatdan, eksportni davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimida soliq va bojxona imtiyozlari eksportchi korxonalarning moliyaviy barqarorligi va xalqaro narx raqobatbardoshligini ta’minlovchi strategik fiskal instrument sifatida alohida ahamiyat kasb etadi. Bunday vositalarning iqtisodiy ustunligi shundaki, ular korxonaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri budjet mablag‘larini ajratishdan ko‘ra, uning ixtiyorida qoladigan moliyaviy resurslarni ko‘paytirish, mahsulot tannarxini pasaytirish, aylanma kapital aylanishini tezlashtirish va bo‘shagan mablag‘larni yangi eksport buyurtmalarini moliyalashtirishga yo‘naltirish imkonini beradi. Ayniqsa, eksport operatsiyalariga nol darajali QQS stavkasining qo‘llanishi ichki iste’mol solig‘ining eksport narxiga qo‘shilib ketishining oldini oladi. O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-599-son Qonuni bilan tasdiqlangan Soliq kodeksida mazkur mexanizmning huquqiy asoslari belgilangan bo‘lib, Kodeksning 261-moddasida eksport operatsiyalarini tasdiqlash tartibi, shuningdek bojxona hududida qayta ishlash va xalqaro tashish bilan bog‘liq ayrim operatsiyalarga nisbatan tegishli soliq mexanizmlari nazarda tutilgan. Natijada eksportchi korxonalarga tashqi bozorda mahsulot narxini ichki QQS yukidan xoli shakllantirish va ishlab chiqarish jarayonida to‘langan QQS summalarini qaytarish orqali moliyaviy resurslarini tiklash imkoniyati yaratiladi.
References
1.Mamlakat taraqqiyotining 2030-yilgacha moʻljallangan ustuvor yoʻnalishlari doirasida islohotlarni izchil davom ettirish va yangi bosqichga olib chiqishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 16.02.2026 yildagi PF-21-son.
2.T. Pernet. Value-added Export Tax Policy, Credit Constraints, and Quality: Evidence from China // Review of Development Economics. – Wiley Blackwell, 2024. – Vol. 28, Issue 2. – P. 499–526. – 28 p. – DOI: 10.1111/rode.13067.
3.X. Wang, L. Zhu. How Does Export VAT Rebates Policy Affect Corporate Investment Efficiency? Evidence from Corporate Tax Stickiness // Pacific-Basin Finance Journal. – Elsevier, 2023. – Vol. 82. – Article 102130. – DOI: 10.1016/j.pacfin.2023.102130.
4.Д. Коробаев, Д. Морковкин, О. Дмитриева, А. Поляков. Таможенно-тарифное регулирование внешнеторговой деятельности как инструмент преодоления санкционных ограничений на российский экспорт // Самоуправление. – 2023. – № 4. – С. 143–147. – 5 с.
5.Е. Рагозинникова. Особенности таможенно-тарифного регулирования внешнеэкономической деятельности // Экономика и социум. – 2023. – № 8-1. – С. 151–153. – 3 с. – DOI: 10.24412/2500-1000-2023-8-1-151-153.
6.Government of India, Ministry of Commerce and Industry, Department of Commerce. Remission of Duties and Taxes on Exported Products (RoDTEP): Export Promotion Measures and Support to Indian Exporters. Lok Sabha Unstarred Question No. 2421, answered 6 August 2024. – New Delhi: Government of India, 2024.
7.Government of India, Ministry of Commerce and Industry. Measures to Promote Exports and Remission of Duties and Taxes on Exported Products Scheme. – New Delhi: Press Information Bureau, 2025.