KORXONALAR EKSPORT FAOLIYATINI STRATEGIK BOSHQARISHDA MOLIYAVIY RESURSLARDAN SAMARALI FOYDALANISH YO‘NALISHLARI
Keywords:
Eksport faoliyatini strategik boshqarish nuqtayi nazaridan moliyaviy resurslarning ahamiyati ularning faqat eksport operatsiyalarini moliyalashtirish manbai ekanligi bilan cheklanmaydi.Abstract
Xalqaro savdo munosabatlarining murakkablashuvi, tashqi bozorlardagi raqobatning kuchayishi, global qiymat zanjirlarining qayta shakllanishi hamda moliyaviy resurslar qiymatining o‘zgaruvchanligi korxonalar eksport faoliyatini boshqarishga nisbatan yangicha strategik yondashuvlarni talab qilmoqda. Bunday sharoitda korxonaning tashqi bozorga chiqishi va undagi faoliyatini uzoq muddat davom ettirishi nafaqat ishlab chiqarish salohiyati, mahsulot sifati yoki marketing imkoniyatlari, balki eksport operatsiyalarini zarur hajmdagi moliyaviy resurslar bilan o‘z vaqtida ta’minlash qobiliyatiga ham bevosita bog‘liq bo‘lmoqda. Ayniqsa, eksport uchun mahsulot ishlab chiqarish, xomashyo va butlovchi qismlarni xarid qilish, xalqaro standartlarga muvofiqlikni ta’minlash, sertifikatlashtirish, mahsulotni tashqi bozorga olib chiqish, eksport shartnomalari bo‘yicha hisob-kitoblarni tashkil etish hamda eksportdan olinadigan tushum bilan bog‘liq pul oqimlarini muvofiqlashtirish korxonadan sezilarli moliyaviy resurslarni talab etadi. Shu sababli moliyaviy resurslardan foydalanishni eksport strategiyasining ajralmas tarkibiy qismi sifatida tashkil etish korxonalar tashqi iqtisodiy faoliyatining barqarorligini ta’minlovchi muhim boshqaruv omillaridan biriga aylanmoqda.
References
1.Mamlakat taraqqiyotining 2030-yilgacha moʻljallangan ustuvor yoʻnalishlari doirasida islohotlarni izchil davom ettirish va yangi bosqichga olib chiqishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 16.02.2026 yildagi PF-21-son.
2.Y. Jinjarak, G. Wignaraja. An Empirical Assessment of the Export–Financial Constraint Relationship: How Different are Small and Medium Enterprises? // World Development. – 2016. – Vol. 79. – P. 152–163. – Elsevier. DOI: 10.1016/j.worlddev.2015.11.012.
3.S. Qasim, M. Rizov, X. Zhang. Financial Constraints and the Export Decision of Pakistani Firms // International Journal of Finance & Economics. – 2021. – Vol. 26, Issue 3. – P. 4557–4573. – Wiley. DOI: 10.1002/ijfe.2030.
4.N. Kuziyeva. O‘zbekistonda eksport operatsiyalarini moliyaviy rag‘batlantirish masalalari // “Xalqaro moliya va hisob” ilmiy elektron jurnali. – Toshkent, 2019. – №1, fevral. – 11 bet.
5.Statistisches Bundesamt (Destatis). Exports in December 2024: +2.9% on November 2024. Exports in 2024: –1.0% on the Previous Year. Press Release No. 048 of 7 February 2025. – Wiesbaden: Federal Statistical Office of Germany, 2025.
6.KfW IPEX-Bank. Annual Report 2024: Our Contribution to Transformation – Worldwide. – Frankfurt am Main: KfW IPEX-Bank GmbH, 2025.
7.World Trade Organization. World Trade Statistics 2024. – Geneva: World Trade Organization, 2024.
8.International Trade Centre. SME Competitiveness Outlook 2024: Thriving in a Fragile World. – Geneva: International Trade Centre, 2024