JADIDLARNING TARIX TA’LIMIGA MUNOSABATI: MILLIY TARIXNI O‘QITISH G‘OYALARINING SHAKLLANISHI
Keywords:
Kalit soʻzlar: Jadidchilik, ma’rifatparvarlik, tarix ta’limi, milliy tarix, yangi usul maktablari, darsliklar, milliy o‘zlikni anglash, Turkiston, tarixiy ong.Abstract
Annotatsiya. Ushbu ilmiy maqolada XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkistonda vujudga kelgan jadidchilik harakati namoyandalari faoliyatida tarix ta’limiga bo‘lgan munosabat, milliy tarixni o‘qitish g‘oyalarining shakllanish omillari va uning o‘ziga xos xususiyatlari tadqiq etilgan. Jadidlarning maktabdorlik tizimini isloh qilish, yangi usul maktablari uchun tarixiy darsliklar yaratish hamda yosh avlod qalbida milliy o‘zlikni anglash tuyg‘usini shakllantirish borasidagi qarashlari atroflicha tahlil qilingan. Shuningdek, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy va Munavvarqori Abdurashidxonov kabi ma’rifatparvarlarning tarix ilmining ijtimoiy-siyosiy ahamiyatiga oid konsepsiyalari ochib berilgan.
References
1.Alimova D.A. Jadidchilik harakatining ijtimoiy-siyosiy va mafkuraviy asoslari. – Toshkent: Fan, 2000.
2.Behbudiy Mahmudxo‘ja. Tanlangan asarlar. – Toshkent: Ma’naviyat, 1999
3.Fitrat Abdurauf. Muxtasar tarixi islom. – Buxoro, 1915 (Qayta nashr: Toshkent, 1992).
4.Avloniy Abdulla. Turkiy guliston yoxud axloq. – Toshkent: O‘qituvchi, 1992.
5.Qosimov B. Milliy uyg‘onish: jasorat, ma’rifat, fidoyilik. – Toshkent: Ma’naviyat, 2002
6.Munavvarqori Abdurashidxonov. Tanlangan asarlar. – Toshkent: Ma’naviyat, 2003.
7.Khalid, Adeeb. The Politics of Muslim Cultural Reform: Jadidism in Central Asia. – Berkeley: University of California Press, 1998.
8.Ergashev K. Chor Rossiyasining Turkistondagi mustamlakachilik siyosati va ta’lim tizimi. – Toshkent: Sharq, 1997
9.Dolimov U. Milliy uyg‘onish pedagogikasi. – Toshkent: Tafakkur, 2012
10.Ziyo A. O‘zbek davlatchiligi tarixi. – Toshkent: Sharq, 2000.
11.Alizoda Saidrizo. Tarixi mukammal (Maktablar uchun darslik). – Samarqand, 1919.
12.Rajabov Q. Turkiston jadidlarining milliy davlatchilik qarashlari. – Toshkent: Akademiya, 2007.
13.Karimov N. Jadidlar qismati. – Toshkent: Sharq, 2008.Jadidchilik: islohot, yangilanish, mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash (Xalqaro konferensiya materiallari). – Toshkent, 1999.