IKKINCHI JAHON URUSHI YILLARIDA O‘ZBEKISTONDA DIN VA DINIY MUASSASALARGA NISBATAN SIYOSAT
Keywords:
O‘zbekiston, Ikkinchi jahon urushi, sovet hukumati, din, islom, musulmonlar, masjid, diniy muassasa, SADUM, Eshon Boboxon, Mir Arab madrasasi.Abstract
Mazkur tezisda Ikkinchi jahon urushi yillarida, xususan 1941–1945-yillarda sovet hukumatining O‘zbekistonda din va diniy muassasalarga nisbatan olib borgan siyosati tahlil qilinadi. Urushning dastlabki davrida sovet davlatining ateistik siyosati saqlanib qolgan bo‘lsa-da, urush sharoitida diniy tashkilotlarning jamiyatdagi ta’siridan foydalanish zarurati siyosatning qisman yumshashiga olib keldi. 1943-yilda O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasining tashkil etilishi, masjidlar faoliyatining tiklanishi hamda 1945-yilda Mir Arab madrasasining qayta ochilishi ushbu siyosatdagi muhim o‘zgarishlar bo‘ldi. Biroq bu jarayon diniy erkinlikning to‘liq tiklanishini emas, balki dinning davlat nazorati ostida faoliyat yuritishiga imkon berilganini anglatardi.
References
1.Tasar, E. Soviet and Muslim: The Institutionalization of Islam in Central Asia, 1943–1991. New York: Oxford University Press, 2017.
2.Eden, J. God Save the USSR: Soviet Muslims and the Second World War. Oxford: Oxford University Press, 2021.
3.Khalilova, Z. “Soviet Ideology and Practice in Uzbek Madrasas.” Religious Education, 2018.
4.Khalilova, Z. “O‘zbekistonda islom ta’lim muassasalari (1945–1991 yy.).” The Light of Islam, 2019.
5.O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi. O‘zbekistondagi diniy muassasalar va O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi faoliyatiga oid hujjatlar.