NOFILOLOGIK TA’LIM YO‘NALISHI TALABALARIDA INGLIZ TILINI O‘RGANISH MOTIVATSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: o‘quv motivatsiyasi, nofilologik ta’lim, pedagogik shart-sharoit, kasbiy yo‘naltirilgan ta’lim, ESP, autentik material, o‘quvchi avtonomiyasi, refleksiya, kommunikativ kompetensiya.Abstract
Annotatsiya. Mazkur tezisda nofilologik ta’lim yo‘nalishi talabalarida ingliz tilini o‘rganish motivatsiyasini rivojlantirishga xizmat qiluvchi pedagogik shart-sharoitlar tahlil qilinadi. Xalqaro ilmiy tadqiqotlarda yoritilgan ESP, o‘quvchi avtonomiyasi, kasbiy relevanlik, o‘quv muhiti, autentik materiallar va refleksiv baholashga oid natijalar muallifning dissertatsiya tadqiqoti bilan uyg‘unlashtirilgan. Tahlil natijasida ta’lim mazmunini kasbiy faoliyat bilan integratsiyalash, autentik va sohaga mos materiallardan foydalanish, kommunikativ-interfaol metodlarni qo‘llash, raqamli resurslarni maqsadli joriy etish, mustaqil ta’limni qo‘llab-quvvatlash, ijobiy motivatsion muhit yaratish hamda refleksiya va o‘zini o‘zi baholash mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish asosiy pedagogik shartlar sifatida asoslanadi. Mazkur shartlarning kompleks qo‘llanishi talabalarning ichki va tashqi motivatsiyasini, kasbiy-kommunikativ kompetensiyasini va mustaqil ta’lim faolligini barqaror rivojlantirish imkonini berishi ko‘rsatib berilgan.
References
1.Altalib, A. (2019). L2 Motivation in ESP and EGP Courses: An Investigation of L2 Motivational Selves Among Learners of English in Saudi Arabia. Australian Journal of Applied Linguistics, 2(1), 1–16.
2.Hoa, N. T. T., & Mai, P. T. T. (2016). Difficulties in Teaching English for Specific Purposes: Empirical Study at Vietnam Universities. Higher Education Studies, 6(2), 154–161.
3.Huang, S.-C. (2006). Reading English for Academic Purposes: What Situational Factors May Motivate Learners to Read? System, 34(3), 371–383.
4.Karatsiori, M. (2025). Internal Motivation versus Learning Environment Support in EFL Classrooms. Frontiers in Education, 10, 1569323.
5.Nguyen, C. T. N., & Nguyen, T. T. (2020). Non-Language-Major Students’ Autonomy in Learning English in Vietnam. Arab World English Journal, 11(3), 184–192.
6.Wu, Y. (2019). Non-English Major Students’ Perception of Factors Influencing English Proficiency in China. English Language Teaching, 12(4), 157–165.
7.Abbas, A. (2025). Reframing English Learning Strategies in Response to Directed Motivational Currents in ESP Learning. Frontiers in Education, 10, 1715294.