O‘ZBEKISTONDA INVESTITSIYALARNI JALB ETISHNING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI, MAVJUD MUAMMOLARI VA ULARNI BARATARAF ETISH YO‘LLARI

O‘ZBEKISTONDA INVESTITSIYALARNI JALB ETISHNING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI, MAVJUD MUAMMOLARI VA ULARNI BARATARAF ETISH YO‘LLARI

Authors

  • Jiyanov Laziz Najimovich Buxoro davlat universiteti Buxgalteriya hisobi va statistika kafedrasi o‘qituvchisi i.f.f.d(PhD)

Keywords:

Investitsiyalar iqtisodiy rivojlanishning eng muhim moliyaviy manbalaridan biri bo‘lib, ishlab chiqarishning texnik va texnologik darajasini oshirish, yangi korxonalar tashkil etish, eksport salohiyatini

Abstract

Jahon iqtisodiyotining globallashuvi sharoitida investitsiyalar iqtisodiy o‘sishni ta’minlovchi, ishlab chiqarish salohiyatini kengaytiruvchi hamda mamlakatlarning xalqaro raqobatbardoshligini oshiruvchi muhim omillardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlar uchun investitsiya resurslarini samarali jalb qilish va ulardan oqilona foydalanish iqtisodiy taraqqiyotning ustuvor shartlaridan sanaladi. O‘zbekiston Respublikasida ham so‘nggi yillarda iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, hududlarning investitsion jozibadorligini oshirish, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatning uzoq muddatli iqtisodiy rivojlanish strategiyasida investitsiyalarni jalb qilish va investitsion muhitni yaxshilash ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan. Hududlarning iqtisodiy rivojlanish darajasi ko‘p jihatdan ularga jalb etilayotgan investitsiyalar hajmi va samaradorligiga bog‘liq. Shu sababli investitsiya resurslarini hududlar bo‘yicha oqilona taqsimlash, investitsion loyihalarning samaradorligini oshirish va investorlar uchun qulay biznes muhitini shakllantirish muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.

Downloads

Published

2026-06-11
Loading...