ISSIQLIK ALMASHINUV QURILMALARIDA GIDRODINAMIKA VA ISSIQLIK ALMASHINUV JARAYONLARINI SONLI MODELLASHTIRISH VA CFD TAHLILI
Keywords:
CFD modellashtirish, issiqlik almashinuvi, gidrodinamika, COMSOL Multiphysics, lokal turbulizator, Navye–Stoks tenglamasi, sonli modellashtirish.Abstract
Mazkur maqolada issiqlik almashinuv qurilmalarida sodir bo‘ladigan gidrodinamika va issiqlik almashinuv jarayonlarini matematik hamda sonli modellashtirish masalalari tahlil qilingan. Tadqiqotda CFD texnologiyalari asosida oqim tezligi, bosim va harorat maydonlarini aniqlash usullari ko‘rib chiqilgan. COMSOL Multiphysics dasturiy vositasi yordamida lokal turbulizatorli quvurlarda issiqlik almashinuv jarayonlari modellashtirilgan hamda Navye–Stoks, energiya va turbulentlik tenglamalari asosida sonli tadqiqotlar amalga oshirilgan. Shuningdek, silliq va turli shakldagi lokal turbulizatorli quvurlarda tezlik, bosim yo‘qotilishi va harorat taqsimotining o‘zgarish qonuniyatlari tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari silindrsimon lokal turbulizatorli quvurlar yuqori issiqlik almashinuvi samaradorligi va nisbatan kichik gidravlik qarshilikka ega ekanligini ko‘rsatdi.
References
1. Жаров А.В., Павлов А.А., Власов В.В., Фавстов В.С., Горшков Р.В. Сравнительный анализ параметров противоточного теплообменника, полученных по методике компьютерной гидрогазодинамики и практической методике проектирования теплообменных аппаратов // Фундаментальные исследования. 2013. -№11. – с. 423-429.
2. Ошовский В.В., Охрименко Д.И., Сысоев А.Ю. Использование компьютерных систем конечно-элементного анализа для моделирования гидродинамических процессов // Науковi процi ДонНТУ. 2010. - №15(163). – с 163-173.
3. Рахманов Н.М., Боротов А.А. Решение задач гидродинамики с помощью метода конечных элементов // Молодой ученый. – Казань. Изд-во Молодой ученый, 2016. - №8(112). – с. 284-287.