O‘ZBEKISTON PAXTA-TO‘QIMACHILIK KLASTERLARIDA INTEGRATSIYA JARAYONLARI SAMARADORLIGINING STATISTIK TAHLILI

O‘ZBEKISTON PAXTA-TO‘QIMACHILIK KLASTERLARIDA INTEGRATSIYA JARAYONLARI SAMARADORLIGINING STATISTIK TAHLILI

Authors

  • Rashid Muradillayevich Ashirov Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar Xalqaro Markazi (ISCAD)mustaqil izlanuvchisi

Keywords:

paxta-to‘qimachilik klasteri, integratsiya darajasi, hosildorlik, qarz yuki, moliyaviy barqarorlik.

Abstract

Ushbu tadqiqot davomida 2020-2025 yillarda O‘zbekistonda faoliyat yuritgan 149 ta paxta-to‘qimachilik klasterining statistik ma’lumotlari tahlil qilingan. Tadqiqotda integratsiya darajasi, hosildorlik, qarz yuki va moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi o‘rganilgan. Tahlil natijalariga ko‘ra, integral integratsiya darajasi 45% dan 62% ga (+37,8%), hosildorlik 28,8 s/gadan 32,5 s/gaga (+12,8%) oshgan. Korrelyatsion tahlil integratsiya darajasi va hosildorlik o‘rtasida kuchli to‘g‘ri bog‘liqlik (r=+0,925) mavjudligini ko‘rsatgan. Shu bilan birga, klasterlarning qarz yuki 18,5 trln so‘mdan 35,8 trln so‘mga (+93,5%), qarzning yalpi daromadga nisbati 35% dan 48% ga oshgan. Avtonomiya koeffitsienti 0,32 dan 0,22 ga (-31,3%), aktivlar rentabelligi 6,5% dan 5,0% ga (-23,1%) pasaygan. Xulosa qilib aytganda, integratsiya darajasining oshishi hosildorlikka ijobiy ta’sir ko‘rsatsa-da, moliyaviy integratsiyaning pastligi va qarz yukining yuqoriligi tarmoqda tizimli muammolar mavjudligini ko‘rsatadi.

References

1.Coase, R.H. (1937). The nature of the firm. Economica, 4(16), 386-405.

2.Krugman, P. (1991). Increasing returns and economic geography. Journal of Political Economy, 99(3), 483-499.

3.Modigliani, F., & Miller, M.H. (1958). The cost of capital, corporation finance and the theory of investment. American Economic Review, 48(3), 261-297.

4.Porter, M.E. (1990). The competitive advantage of nations. New York: Free Press.

5.Williamson, O.E. (2009). The economic institutions of capitalism. New York: Free Press.

6.O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi. (2025). Qishloq xo‘jaligida statistik ko‘rsatkichlar (2020–2025). Toshkent.

7.O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. (2025). Paxta-to‘qimachilik klasterlarining moliyaviy holati to‘g‘risida hisobot. Toshkent.

8.O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. (2025). Klasterlar qarz yuki tahlili. Toshkent.

9.O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi. (2025). Paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyati hisoboti (2020–2025). Toshkent.

Downloads

Published

2026-06-12
Loading...