BOLALARDA ALLERGIK KASALLIKLAR VA IMMUN MEXANIZM O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA`LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI.
Keywords:
Allergiya, immun tizim, bolalar organizmi, allergik reaksiya bosqichlari, allergik kasalliklar, immun mexanizm, IgE, antigen, antitana, atopik dermatit, bronxial astma, allergik rinit, gistamin, mast hujayralar, sensibilizatsiya, immun javob, oziq-ovqat allergiyasi,Abstract
Ushbu maqolada bolalarda uchraydigan allergik kasalliklarning kelib chiqish sabablari, tarqalish darajasi hamda ularning rivojlanishida immun tizimining o‘rni batafsil tahlil qilingan. Allergik kasalliklarning asosiy turlari — atopik dermatit, allergik rinit, bronxial astma va oziq-ovqat allergiyalarining patogenezi yoritilib, immunologik reaksiyalarning bosqichlari ilmiy jihatdan tushuntirilgan. Maqolada allergik reaksiyalarda IgE immunoglobulinlari, mast hujayralar, bazofillar, T- va B-limfotsitlarning ishtiroki hamda gistamin va boshqa yallig‘lanish mediatorlarining ajralishi natijasida organizmda yuzaga keladigan patologik o‘zgarishlar keng bayon etilgan. Shuningdek, bolalarda allergiya rivojlanishiga ta’sir qiluvchi irsiy, ekologik va oziqlanish omillari tahlil qilinib, kasalliklarni erta aniqlash, diagnostika qilish, davolash va profilaktika choralarining zamonaviy usullari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari allergik kasalliklarning oldini olishda immun mexanizmlarni chuqur o‘rganish muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.
References
1.Berji bakteriyalarining qisqacha aniqlagichi. J. Xoult tahriri ostida. — Moskva: 1980.
2.Bukrinskaya A.G. Virusologiya. — Moskva: 1986.
3.Loban K.M. Insonning eng muhim rikketsiozlari. — Leningrad: 1980.
4.Tibbiyot mikrobiologiyasi, virusologiya va immunologiya. L.B. Borisov tahriri ostida. — Moskva: 1994.
5.Xaitov R.M. Immunologiya. — Moskva: 1996.
6.Enterobakteriyalar (qo‘llanma) V.I. Pokrovskiy tahriri ostida. — Moskva: 1985.
7.Pokrovskiy V.I. Tibbiyot mikrobiologiyasi. — Moskva: 1998.
8.Vorobyov A.A. Mikrobiologiya. — Moskva: 1998.
9.Shlegel G. Umumiy mikrobiologiya (nemis tilidan tarjima). — Moskva: 1987.
10.Royt A. Immunologiya asoslari (ingliz tilidan tarjima). — Moskva: 1991.
11.Korolyuk A.M. Tibbiyot mikrobiologiyasi. — Sankt-Peterburg: 1999.
12.Karaulov A.V. Klinik immunologiya. — Moskva: 1999.