XALQARO AKADEMIK MOBILLIKNING XORIJIY TILNI O‘RGANISH JARAYONIDAGI O‘RNI
Keywords:
akademik mobillik, xorijiy til, til muhiti, kommunikativ kompetensiya, lingvistik kompetensiya, madaniyatlararo kompetensiya, xalqaro ta’lim, talabalar almashinuvi.Abstract
Ushbu maqolada xalqaro akademik mobillikning xorijiy tilni o‘rganish jarayonidagi o‘rni tahlil qilinadi. Xorijiy tilni o‘zlashtirishda nazariy bilimlar bilan bir qatorda tabiiy til muhiti, bevosita muloqot, madaniyatlararo tajriba va tilni real vaziyatlarda qo‘llash imkoniyatlarining ahamiyati yoritiladi. Maqolada xalqaro akademik almashinuvning lingvistik, kommunikativ va madaniyatlararo kompetensiyalarni rivojlantirishdagi imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, muallifning 2026-yilda Janubiy Koreyaning Chonbuk National University universitetida akademik almashinuv dasturida ishtirok etish tajribasi amaliy misol sifatida tahlil qilinadi. Xorijiy ta’lim muhitida bir nechta tillardan foydalanish, turli mamlakatlardan kelgan talabalar bilan muloqot qilish va yangi madaniy muhitga moslashish jarayonlari xorijiy tilni o‘rganishga ta’sir etuvchi muhim omillar sifatida ko‘rsatiladi.References
1.Council of Europe. Common European Framework of Reference for Languages: Learning, Teaching, Assessment – Companion Volume. Strasbourg, 2020.
2.Deardorff, D. K. Identification and Assessment of Intercultural Competence as a Student Outcome of Internationalization. Journal of Studies in International Education, 2006.
3.OECD. International Student Mobility. OECD Education and Skills.
4.European Commission. Erasmus+ Programme Guide: Learning Mobility of Individuals.
5.European Commission. Erasmus+ Higher Education Mobility Projects.
6.Chonbuk National University. International Student and Exchange Programme Materials.
7.Muallifning 2026-yildagi Janubiy Koreyadagi akademik almashinuv tajribasi asosidagi amaliy kuzatuvlari.