PROFESSOR-O‘QITUVCHILARNING KETISH YO‘NALISHLARI VA OLIY TA’LIM TIZIMIDAN KADRLAR YO‘QOTILISHINI BAHOLASH
Keywords:
kadrlar qo‘nimsizligi, ketish yo‘nalishi, ketish niyati, tizimdan chiqish, kadrlarni qayta taqsimlash, professor-o‘qituvchilar, oliy ta’lim muassasasi.Abstract
Tezisda professor-o‘qituvchilarning ketish yo‘nalishlari 1005 nafar xodim ishtirokidagi anonim so‘rovnoma asosida tahlil qilingan. Ketish yo‘nalishlari oliy ta’lim va fan tizimi ichidagi qayta taqsimlanish hamda tizimdan chiqishga ajratilgan. Yuqori ketish niyatiga ega xodimlarning 64,3 foizi boshqa oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy muassasaga o‘tishni, 30,1 foizi esa tizimdan butunlay chiqishni rejalashtirishi aniqlangan. Tizimdan chiqishga moyillik davlat oliy ta’lim muassasalari xodimlari hamda stajyor-o‘qituvchi va assistentlarda yuqori. Kadrlar harakati hisobotida ishdan ketgan xodimning keyingi ish joyi turini qayd etish taklif etilgan.
References
1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi. Rasmiy statistika. Talabalar soni (2.04.04.0008), professor-o‘qituvchilar soni (2.04.04.0029). https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/social-protection-2.
2.Qodirov A.A., Rajabova Z.A., Lee D.E., Adizov B.B., Abdulloev K.F., Ibragimov A.K. From ministry to market: higher education expansion and state-designed marketization in Uzbekistan, 2015-2025 // Frontiers in Political Science. 2026. Vol. 8. Article 1957503. DOI: 10.3389/fpos.2026.1957503.
3.Xolmatov M.M. Oliy ta’limda kadrlar qo‘nimsizligi tasnifi va rasmiy hisobotda ko‘rinmaydigan ketishlar // O‘zbekistonda ichki va tashqi migratsiya jarayonlari: muammolar va yechimlar. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari to‘plami. Toshkent: TDIU, 2026. B. 500-503.
4.White-Lewis D.K., O’Meara K., Mathews K., Havey N. Leaving the Institution or Leaving the Academy? Analyzing the Factors that Faculty Weigh in Actual Departure Decisions // Research in Higher Education. 2023. Vol. 64, No. 3. P. 473-494. DOI: 10.1007/s11162-022-09712-9.
5.Kallio T., Siekkinen T., Pekkola E., Kivistö J., Nokkala T., Kuoppakangas P. Push and pull factors affecting in leaving academia // Tertiary Education and Management. 2024. Vol. 30, No. 1. P. 65-80. DOI: 10.1007/s11233-024-09135-4.