TA’LIM SIFATIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR: TALABA MAS’ULIYATI VA TA’LIM TIZIMI MUAMMOLARINING QIYOSIY TAHLILI
Keywords:
ta’lim sifati, talaba mas’uliyati, ta’lim tizimi, bilim olish motivatsiyasi, mustaqil ta’lim, pedagogik mahorat, amaliy ko‘nikmalar.Abstract
Mazkur tezisda oliy ta’lim muassasalarida talabalar tomonidan bilimlarni yetarli darajada o‘zlashtirmaslik, darslarga qiziqishning pasayishi va mustaqil ta’limga bo‘lgan munosabat bilan bog‘liq muammolar tahlil qilinadi. Ushbu holatlarning yuzaga kelishida talabaning shaxsiy mas’uliyati, o‘qituvchining pedagogik mahorati va ta’lim tizimining tashkil etilishiga ta’sir etuvchi omillar o‘rganiladi. Talabalarning bilim olishga bo‘lgan munosabatini faqat ularning intizomi yoki qobiliyati bilan izohlash bir tomonlama yondashuv ekani asoslanadi. Shuningdek, ta’lim jarayonida nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash, baholash tizimini takomillashtirish hamda talabalar motivatsiyasini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.
References
1.O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-637-son
2.“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun
3.(OECD) 2025-yilda chop etilgan Unlocking High-Quality Teaching
4.Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch” asari