DAVLAT ISHTIROKIDAGI BANKLARDA PASSIVLAR BARQARORLIGINI TA’MINLASH (“BIZNESNI RIVOJLANTIRISH BANKI” ATB MISOLIDA)
Keywords:
Kalit so‘zlar: davlat banklari, depozitdan tashqari resurslar, kovenantlar, kredit-depozit nisbati, NSFR, konsentratsiya riski, passivlar barqarorligi.Abstract
Annotatsiya. Mazkur tezisda davlat ishtirokidagi banklarda passivlar barqarorligini ta’minlash masalalari “Biznesni rivojlantirish banki” ATB faoliyati asosida o‘rganilgan. Ishda bankning 2021–2025-yillardagi balans ko‘rsatkichlari, majburiyatlar tuzilmasi va NSFR qiymatlari tahlil qilingan. Bank depozitlari jadal o‘sayotgani, ammo majburiyatlarning yarmidan ko‘pi davlat va xalqaro moliyaviy tashkilotlardan jalb qilingan qarzlar hissasiga to‘g‘ri kelishi hamda uzoq muddatli moliyalashtirish zaxirasi torligi aniqlangan, resurs bazasini mustahkamlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan.
References
1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-maydagi “2020–2025-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-5992-son Farmoni. https://lex.uz
2.Hahm J.H., Shin H.S., Shin K. Noncore Bank Liabilities and Financial Vulnerability // Journal of Money, Credit and Banking. 2013. Vol. 45(s1). P. 3–36.
3.Shermuxamedov B.U. Tijorat banklarining depozit portfelini tahlil qilish metodikasini takomillashtirish // Iqtisodiyot va ta’lim. 2023. №1. B. 130–134.
4.https://brb.uz. “Biznesni rivojlantirish banki” ATB. MHXS bo‘yicha 2025-yil uchun konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobot va mustaqil auditor xulosasi.
5.https://cbu.uz/uz/statistics/bankstats/. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining banklar kesimidagi ma’lumotlari asosida muallif hisob-kitoblari.
6.Trillionlar qayerda saqlanmoqda: jismoniy shaxslar depozitlari darajasi bo‘yicha O‘zbekiston banklari reytingi // Kursiv Uzbekistan. 2026-yil 24-fevral. https://uz.kursiv.media