BANKLARDA LIZING VA FAKTORING OPERATSIYALARI
Keywords:
tijorat banklari, lizing, faktoring, moliyaviy xizmatlar, investitsiya, aylanma mablag‘lar, likvidlik, debitorlik qarzi.Abstract
Ushbu maqolada tijorat banklarida amalga oshiriladigan lizing va faktoring operatsiyalarining iqtisodiy mohiyati, ularning moliyaviy xizmatlar bozoridagi o‘rni hamda korxonalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Xususan, lizing operatsiyalarining investitsion jarayonlarni rag‘batlantirishdagi roli, asosiy vositalarni yangilash va ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishdagi imkoniyatlari yoritiladi. Shuningdek, faktoring operatsiyalarining korxonalarning aylanma mablag‘larini to‘ldirish, debitorlik qarzlarini boshqarish va likvidlikni oshirishdagi afzalliklari ko‘rib chiqiladi. Maqolada banklar tomonidan ushbu xizmatlarni amalga oshirish mexanizmi, ularning turlari, huquqiy asoslari hamda amaliyotdagi muammolar va rivojlantirish istiqbollari ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berilgan.