TOVAR-MODDIY ZAXIRALARNI IAS 2 “INVENTORIES” TALABLARI ASOSIDA TAN OLISH VA BAHOLASHNI TAKOMILLASHTIRISH
Keywords:
tovar-moddiy zaxiralar, IAS 2, MHXS, tannarx, sof realizatsiya qiymati, qadrsizlanish, moliyaviy hisobotAbstract
Maqolada tovar-moddiy zaxiralar (TMZ) hisobini xalqaro moliyaviy hisobot standartlari asosida tashkil etishning nazariy va amaliy jihatlari yoritiladi. IAS 2 “Inventories” talablarining mazmuni, zaxiralarni tan olish va baholash mezonlari, tannarxni shakllantirish hamda sof realizatsiya qiymatini aniqlash masalalari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda milliy amaliyotdagi muammolar va ularni bartaraf etishga qaratilgan takliflar asoslanadi.