ARTERIAL GIPERTENZIYASI BOR BEMORLARDA BUYRAKLARDAGI STRUKTURAVIY-FUNKSIONAL O’ZGARISHLAR VA ERTA NEFROPROTEKSIYA OPTIMIZATSIYASI
Keywords:
AG bor bemorlarda buyraklardagi patofiziologik hamda strukturaviy-funksional o‘zgarishlarni chuqur tahlil qilish, erta diagnostika ko‘rsatkichlarini tizimlashtirish va nefroprotektiv terapiya samaradorligini oshirish mexanizmlarini asoslash.Abstract
Arterial gipertenziya (AG) va surunkali buyrak kasalligi (SBK) o‘zaro bir-birini og‘irlashtiruvchi komorbid patologiyalar hisoblanadi. AGda buyraklarning zararlanishi uzoq vaqt davomida klinik belgilarsiz kechib, gipertenziv nefroangioskleroz va glomerulopatiya rivojlanishiga olib keladi. Zardobdagi kreatinin miqdori kalvava filtratsiyasi tezligi (KFT) 50% ga pasaygandagina oshishi sababli, erta bosqichdagi buyrak disfunksiyasini o‘z vaqtida tashxislash va maqsadli nefroprotektiv terapiyani tanlash zamonaviy kardiorenal tibbiyotning eng dolzarb muammolaridan biridir.