SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINING GENETIK TADQIQOTLAR, IMMUNOGENETIKA VA HUJAYRA TEXNOLOGIYALARIDA QO‘LLANILISHI: IMKONIYATLAR VA ISTIQBOLLAR
Keywords:
Tadqiqot maqsadi. Genetik tadqiqotlar, immunogenetika va hujayra texnologiyalarida qo‘llanilayotgan SI usullarini tizimlashtirish, ularning afzallik va cheklovlarini aniqlash hamda mahalliy ilmiy-tadqiqot va ta’lim amaliyotiga tatbiq etish bo‘yicha taklif ishlab chiqish.Abstract
Mavzuning dolzarbligi. Keyingi o‘n yillikda yangi avlod sekvenirlash (NGS) texnologiyalari, bir hujayrali transkriptomika va yuqori o‘tkazuvchanlikdagi mikroskopiya natijasida biologik ma’lumotlar hajmi keskin ortdi. Bunday ko‘lamdagi ma’lumotlarni an’anaviy statistik usullar bilan to‘liq tahlil qilish qiyinlashib bormoqda. Shu sababli sun’iy intellekt, xususan, mashinali va chuqur o‘rganish usullari zamonaviy tibbiy-biologik tadqiqotlarning ajralmas vositasiga aylanmoqda . O‘zbekistonda ham ushbu yo‘nalish davlat siyosati darajasida qo‘llab-quvvatlanib, sun’iy intellekt texnologiyalarini turli sohalarga, jumladan, sog‘liqni saqlashga joriy etish vazifasi belgilangan.