XONLIKLAR ADABIY MUHITINI O‘RGANISHDA YOZMA MANBALARNING ILMIY AHAMIYATI
Keywords:
Kalit so‘zlar: Xonliklar, adabiy muhit, tarixnavislik, tazkira, davlat homiyligi, Feruz, qo‘lyozma, kitobat.Abstract
Annotatsiya: Ushbu tadqiqotda Buxoro amirligi, Xiva va Qo‘qon xonliklarida shakllangan adabiy-madaniy muhitni o‘rganishda mahalliy tarixnavislik asarlari, tazkiralar, qo‘lyozma hamda toshbosma manbalar shuningdek, arxiv hujjatlarining ilmiy ahamiyati tahlil qilinadi. Manbalar mazmuni va funksional xususiyatlariga ko‘ra tarixiy xronikalar, adabiy-biografik asarlar, xotiralar, qo‘lyozma va kitobat mahsulotlari hamda institutsional hujjatlarga ajratiladi. Ayniqsa, Xiva xonligida Muhammad Rahimxon II Feruz hukmronligi davrida adabiyot, musiqa, tarjimonlik va xattotlikning saroy muhiti bilan aloqasi Laffasiy, Ahmad Tabibiy va Bobojon Tarroh-Xodim asarlari asosida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari turli tipdagi yozma manbalarni o‘zaro qiyosiy tahlil qilish xonliklardagi adabiy jarayon, ijodkorlar faoliyati hamda davlat homiyligining mazmunini yanada aniqroq ochib berishini ko‘rsatadi.
References
1.Ahmadov B. O‘zbekiston tarixi manbalari. – Toshkent: O‘qituvchi, 2001.
2.Vohidov Sh. Qo‘qon xonligida tarixnavislikning rivojlanishi. XIX asr – XX asrning boshlari. – Toshkent, 1998.
3.Троицкая А. Л. Каталог архива кокандских ханов XIX века. – Москва: Наука, 1968.
4.Hofiz Tanish Buxoriy. Abdullanoma. 1–2 jild. – Toshkent: Sharq, 1999–2000.
5.Muhammad Hakimxon To‘ra. Muntaxab at-tavorix. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2010.
6.Mirzo Olim Mushrif. Ansob us-salotin va tavorix ul-xavoqin (Qo‘qon xonligi tarixi). – Toshkent: Adabiyot va san’at, 1995.
7.Avaz Muhammad Attor. Tarixi jahonnamoyi / fors-tojik tilidan Sh. Vohidov tarjimasi // Sharq yulduzi. – Toshkent, 1991. – № 8. – B. 119–137.
8.Muhammad Aziz Marg‘iloniy. Tarixi Aziziy. – Toshkent: Ma’naviyat, 1999.
9.Munis Xorazmiy, Ogahiy. Firdavs ul-iqbol. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2010.
10.Ogahiy, Muhammad Rizo. Riyoz ud-davla; Zubdat ut-tavorix; Jome’ ul-voqeoti sultoniy; Gulshani davlat; Shohid ul-iqbol. – Toshkent: Fan, turli nashrlar.
11.Bayoniy Muhammad Yusuf. Shajarayi Xorazmshohiy. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1994.
12.Bobojon Tarroh-Xodim. Xorazm navozandalari. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1994.
13.Laffasiy Hasanmurod. Tazkirayi shuaro / nashrga tayyorlovchi P. Bobojonov. – Urganch: Xorazm, 1992.
14.Tabibiy Ahmad. Majmuayi si shuaroyi payravi Feruzshohiy. – Qo‘lyozma. – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondi.
15.Xusanov S. X. Xiva xonligida XIX–XX asrning birinchi choragiga qadar davrda arxiv ishi va uning o‘rganilishi // Research Focus. – 2022. – № 3. – B. 94–98.