RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA AUDIT TIZIMINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI VA ZAMONAVIY YONDASHUVLARI
Keywords:
raqamli iqtisodiyot, audit, raqamli audit, auditorlik faoliyati, audit riski, Big Data, Data Analytics, sun’iy intellekt, mashinali o‘qitish, RPA, blockchain, uzluksiz audit, auditorlik dalillari, ichki audit, riskga asoslangan audit.Abstract
Mazkur tadqiqotda raqamli iqtisodiyot sharoitida audit tizimini rivojlantirishning nazariy-uslubiy asoslari hamda zamonaviy yondashuvlari tadqiq etilgan. Raqamlashtirish jarayonlarining jadallashuvi natijasida xo‘jalik yurituvchi subyektlarda shakllanayotgan axborot hajmining keskin ortishi, elektron hujjat aylanishi, bulutli texnologiyalar, sun’iy intellekt, Big Data, blockchain, robotlashtirilgan jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqa raqamli texnologiyalarning keng joriy etilishi audit faoliyatining an’anaviy metodologiyasini qayta ko‘rib chiqishni talab etmoqda. Tadqiqotda auditning klassik nazariyalari, riskga asoslangan audit konsepsiyasi, axborot asimmetriyasi, agentlik munosabatlari va ishonch nazariyalari raqamli iqtisodiyot sharoitida qayta talqin qilindi. Shuningdek, audit jarayoniga Data Analytics, sun’iy intellekt, mashinali o‘qitish, RPA va uzluksiz monitoring mexanizmlarini integratsiya qilishning afzalliklari hamda mavjud muammolari tahlil qilindi. Tadqiqot natijasida raqamli auditning tashkiliy, texnologik, metodik va institutsional tarkibiy qismlarini birlashtiruvchi konseptual yondashuv taklif etildi.
References
1. O‘zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni. 2021-yil 25-fevral,O‘RQ-677-son.
2.International Auditing and Assurance Standards Board (IAASB).Technology Position.
3. IAASB. Technology Quality Management Roundtables: Outcomes and Next Steps. 2026.
4.IAASB.Technology Quality Management Workstream.2025–2026.
5. IAASB. Audit Documentation When Using Automated Tools and Techniques.
6.IFAC.Assurance in the Digital Age.
7. IFAC. Embracing the AI Frontier: The Transformative Impact of AI on Audit Firms &Methodologies.
8.IFAC.Digital Transformation & Innovation in Auditing.
9. The Institute of Internal Auditors. Global Internal Audit Standards. 2024 Edition.
10. The Institute of Internal Auditors. Data Analytics Skills for Internal Auditors. 2026.