ONKOLOGIK KASALLIKLARDA MOLEKULYAR VA GISTOLOGIK O‘ZGARISHLARNING AHAMIYATI
Keywords:
onkologiya, molekulyar biologiya, gistologiya, o‘sma, mutatsiya, proliferatsiya, apoptoz, biomarker, immunogistokimyo.Abstract
Onkologik kasalliklar hujayralarning nazoratsiz proliferatsiyasi,differensiallanishining buzilishi va genetik o‘zgarishlar bilan kechadigan murakkab patologik jarayonlardir. Ushbu jarayonlarda molekulyar darajadagi o‘zgarishlar hujayraning morfologik tuzilishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Mazkur tezisda o‘sma hujayralarida kuzatiladigan molekulyar va gistologik o‘zgarishlar, ularning o‘zaro bog‘liqligi hamda diagnostikadagi ahamiyati yoritilgan. Molekulyar markerlarni gistologik tekshiruvlar bilan birgalikda qo‘llash o‘sma turini aniqlash, uning biologik xususiyatlarini baholash va davolash taktikasini tanlash imkoniyatlarini kengaytiradi.