INGLIZ VA O'ZBEK TILLARIDA TRANSPORT VOSITALARI NOMLARINING SEMANTIK XUSUSIYATLARI
Abstract
Leksik semantika nuqtai nazaridan har bir so'z murakkab semantik struktura — semema — bo'lib, u kichikroq mazmuniy birliklar, ya'ni semalardan tashkil topadi. So'zning ma'nosini semalarga ajratib o'rganish (komponent tahlil) leksemalar o'rtasidagi mazmuniy o'xshashlik va farqlarni aniq va izchil tarzda ochib berish imkonini beradi. Bundan tashqari, leksemalar tasodifiy holda emas, balki o'zaro semantik munosabatlarga kirishgan holda semantik maydonlar va gipero-giponimik (umumiy-xususiy) tizimlarni tashkil qiladi.
References
1. Shmelev D.N. Problemy semanticheskogo analiza leksiki. — Moskva: Nauka, 1973.
2. Vasilyev L.M. Semantika russkogo glagola. — Moskva: Vysshaya shkola, 1981.
3. Nurmonov A. O'zbek tilshunosligi tarixi. — Toshkent: O'qituvchi, 2002.
4. Lyons J. Semantics. Vol. 1-2. — Cambridge: Cambridge University Press, 1977.
5. Rahmatullayev Sh. O'zbek tilining izohli frazeologik lug'ati. — Toshkent: O'qituvchi, 1978.
6. Cruse D.A. Lexical Semantics. — Cambridge: Cambridge University Press, 1986.