TURLI GENOTIPDAGI QUYONLAR SOʻYIM KOʻRSATKICHLARI VA GOʻSHTDORLIK KOEFFITSIYENTI
Keywords:
Kalit soʻzlar: quyonchilik, yangi zelandiya oqi, oq yirik zoti, duragaylash, nimta, morfologik tarkib, lahm goʻsht, ichki yogʻ, goʻshtdorlik koeffitsiyenti, parhezboplik.Abstract
Annotatsiya. Ushbu maqolada respublikamiz iqlim sharoitida sof zotli Yangi Zelandiya oqi quyonlari hamda ularning Oq yirik zoti bilan chatishtirishdan olingan birinchi boʻgʻin duragay avlodlarining goʻsht mahsuldorligi va nimta morfologik tarkibiy koʻrsatkichlari qiyosiy tahlil qilingan. Tadqiqotlar davomida guruhlar boʻyicha nimta vazni, lahm goʻsht, ichki yogʻ, suyak va togʻay-pay toʻqimalarining mutlaq massasi hamda foiz hisobidagi nisbiy ulushlari aniqlangan. Natijalar shuni koʻrsatdiki, duragay quyonlar nimta vazni (2556,5 g) va lahm goʻsht miqdori (2019,7 g) boʻyicha sof zotli tengqurlaridan statistik ishonchli darajada (P<0,01) ustunlikka ega. Shu bilan birga, duragaylar goʻshtida ichki yogʻ ulushining kamligi (3,97 %) ulardan olingan mahsulotning yuqori parhezboplik (dietik) xususiyatlaridan dalolat beradi.
References
1.GOST 27747-2016. Мясо кроликов (тушки кроликов, кроликов-бройлеров и их части). Технические условия. – М.: Стандартинформ, 2016.
2.Храмова В.Н. и др. Разработка мясных продуктов функционального назначения с использованием пребиотиков и растительных компонентов регионального происхождения // Известия Нижневолжского агроуниверситетского комплекса: Наука и высшее профессиональное образование. – 2013. – № 3 (31). – С. 1–4.
3.Черненков Е.Н. Биологические и продуктивные качества кроликов при включении в рацион пробиотической кормовой добавки «БИОГУМИТЕЛЬ»: дис. ...канд. с.-х. наук. – Уфа, 2016. – 147 с.
4.Балакирев Н.А., Тинаева Е.А., Тинаев Н.И., Шумилина Н.Н. «Кролиководство» Москва «КолосС» 2007. 232 с.
5.Житникова Ю. Кролики: породы, разведение, содержание, уход/ Серия «Подворье». -Ростовн/Д: «Феникс». 2004. – 256 с.