ARAB MATBUOTI SARLAVHALARIDA QUR’ONIY IQTIBOSLARNING INTERTEKSTUAL QO‘LLANISHI
Keywords:
arab matbuoti, gazeta sarlavhasi, Qur’oniy iqtibos, intertekstuallik, media konteksti, semantik qatlam, diniy-madaniy birlik.Abstract
Ushbu tezisda arab matbuoti sarlavhalarida Qur’oniy iqtiboslarning zamonaviy media kontekstiga kiritilishi va buning natijasida yuzaga keladigan intertekstual-semantik munosabatlar tahlil qilinadi. Tadqiqotda Qur’oniy birlikning sarlavha tarkibidagi boshqa komponentlar bilan mazmuniy aloqasi, asl diniy-axloqiy mazmunning yangi mavzu doirasida faollashuvi hamda iqtibos va media konteksti o‘rtasidagi ikki qatlamli ma’no xususiyatlariga e’tibor qaratiladi. Tanlangan misollar Qur’oniy iqtiboslar diniy mavzudagi materiallar bilangina cheklanmay, axborot ishonchliligi, raqamli texnologiya, sport va madaniyatga oid sarlavhalarda ham yangi kontekst bilan bog‘lanishini ko‘rsatadi.
References
1.Shamaqsudova S.X. Media tili va uslubi. 1-qism. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: Universitet, 2021. – 188 b.
2.Jo‘rayev A. Matbuot tili va uslubiy xususiyatlari. – Toshkent: O‘qituvchi, 2001. – 220 b.
3.Murtazoyev V.X. Arab tilidagi gazetalar sarlavhalari tahlili // Oriental Renaissance: Innovative, Educational, Natural and Social Sciences. – 2023. – 3(5). – B. 300–305.
4.دردونة، مدحت ربيع. بناء الجملة في لغة عناوين الأخبار في الصحف العربية // مجلة جامعة الأقصى، سلسلة العلوم الإنسانية. – 2017. – المجلد الحادي والعشرون، العدد الأول. – ص. 34–60.