INTERNET DISKURSIDA SHAXSIY IDENTIKLIKNI SHAKLLANTIRUVCHI SOTSIOLINGVISTIK OMILLAR

Authors

  • Sharipov Ziyodjon Zafar o‘g‘li Qo‘qon davlat universiteti tayanch doktoranti

Keywords:

Kalit so‘zlar: sotsiolingvistika, internet diskursi, shaxsiy identiklik, til variativligi, til tanlovi, kod almashinuvi, auditoriya, ijtimoiy guruh, kasbiy identiklik, hududiy identiklik, onlayn hamjamiyat.

Abstract

Annotatsiya. Mazkur tezisda internet diskursida shaxsiy identiklikni shakllantiruvchi sotsiolingvistik omillar tahlil qilinadi. Raqamli kommunikatsiya sharoitida shaxsiy identiklik barqaror va o‘zgarmas hodisa sifatida emas, balki foydalanuvchining til tanlovi, ijtimoiy muhit, kommunikativ vaziyat va auditoriya bilan munosabati asosida shakllanadigan dinamik jarayon sifatida namoyon bo‘ladi. Tadqiqotda til va kod tanlovi, ijtimoiy guruhga mansublik, auditoriyaga moslashuv, yosh, gender, kasbiy va hududiy mansublik, uslubiy variativlik hamda onlayn hamjamiyat me’yorlari shaxsiy identiklikni shakllantiruvchi asosiy sotsiolingvistik omillar sifatida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, internet foydalanuvchilarining profil nomlari va biografik tavsiflarida mazkur omillarning lisoniy vositalar orqali namoyon bo‘lish xususiyatlari yoritiladi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, internet diskursida shaxsning o‘zini taqdim etishi individual xususiyatlargagina emas, balki ijtimoiy guruh, auditoriya, madaniy muhit va kommunikativ maqsad bilan bog‘liq bo‘lib, identiklik turli sotsiolingvistik omillarning o‘zaro ta’siri natijasida shakllanadi.

References

1.Labov, W. (1972) Sociolinguistic Patterns. Philadelphia: University of Pennsylvania Press, 344 p. Gumperz J. J. Discourse Strategies. – Cambridge: Cambridge University Press, 1982.

2.Bucholtz M., Hall K. Identity and Interaction: A Sociocultural Linguistic Approach // Discourse Studies. – 2005. – Vol. 7, No. 4–5. – P. 585–614. DOI: 10.1177/1461445605054407.

3.Coupland N. Style: Language Variation and Identity. – Cambridge: Cambridge University Press, 2007. – 224 p.

4.Herring S. C. Computer-Mediated Discourse Analysis: An Approach to Researching Online Behavior // Designing for Virtual Communities in the Service of Learning / Eds. S. A. Barab, R. Kling, J. H. Gray. – New York: Cambridge University Press, 2004. – P. 338–376.

5.De Fina A., Schiffrin D., Bamberg M. (eds.). Discourse and Identity. – Cambridge: Cambridge University Press, 2006.

6.Khramova L. S. Personal Identity in the Era of Digital Transformation // Intellect. Innovations. Investments. – 2023. – No. 4. – P. 130–135.

7.Kabat K. J. Naomi S. Baron, Always On: Language in an Online and Mobile World. New York, NY: Oxford University Press, 2008. Pp. ix, 289 // Language in Society. – 2009. – Vol. 38, No. 5. – P. 647–648.

Downloads

Published

2026-05-30

Conference Proceedings Volume

Section

Articles

Similar Articles

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

You may also start an advanced similarity search for this article.