O‘ZBEKISTONDA HUDUDIY TURIZM MANZILLARINI BOSHQARISHNING AVTOMATLASHTIRILGAN AXBOROT MODELINI ISHLAB CHIQISHDA TA’SIR QILUVCHI OMILLARNI TAHLIL QILISH
Keywords:
Hududiy turizm manzillari, avtomatlashtirilgan axborot modeli, raqamli turizm, raqamli infratuzilma, turizm boshqaruvi, integratsiya, katta ma’lumotlar (Big Data), sun’iy intellekt, xizmat sifati, prognozlash, O‘zbekiston turizmi.Abstract
Mazkur tadqiqot O‘zbekiston sharoitida hududiy turizm manzillarini boshqarish samaradorligini oshirish maqsadida avtomatlashtirilgan axborot modelini (AAM) ishlab chiqishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda hududiy turizm boshqaruvida mavjud muammolar – raqamli infratuzilmaning sustligi, ma’lumotlar bazalarining fragmentarligi, integratsiya mexanizmlarining yetishmasligi va qaror qabul qilish jarayonlarida subyektivlikning yuqoriligi tizimli tahlil qilinadi.
Ishda aralash metodologiya (mixed-methods) qo‘llanilib, tizimli tahlil, miqdoriy modellashtirish va empirik validatsiya bosqichlari amalga oshirilgan. UNWTO va OECD mezonlari asosida hududlar kesimida raqamli tayyorgarlik darajasi va xizmat sifati indikatorlari baholangan. Korrelyatsiya va regressiya tahlili orqali raqamli infratuzilma, xizmat sifati, investitsiyalar va transport kirish imkoniyatining turizm natijaviy ko‘rsatkichlariga ta’siri aniqlangan.
Tadqiqot natijasida integratsiyalashgan avtomatlashtirilgan axborot modeli taklif etilib, uning amaliy joriy etilishi hududiy turizm boshqaruvida prognoz aniqligini oshirish, boshqaruv xarajatlarini kamaytirish va iqtisodiy samaradorlikni ta’minlashga xizmat qilishi asoslab berilgan.
References
1.UNWTO. International Tourism Highlights. Madrid: UNWTO, 2023.
2.OECD. Tourism Trends and Policies. Paris: OECD Publishing, 2022.
3.Buhalis, D. (2019). Technology in tourism-from information communication technologies to eTourism and smart tourism towards ambient intelligence tourism. Tourism Review, 75(1), 267–272.
4.Gretzel, U., Sigala, M., Xiang, Z., & Koo, C. (2015). Smart tourism: Foundations and developments. Electronic Markets, 25(3), 179–188.
5.Hall, C. M. (2011). A typology of governance and its implications for tourism policy analysis. Journal of Sustainable Tourism, 19(4–5), 437–457.
6.Li, Y., Hu, C., Huang, C., & Duan, L. (2017). The concept of smart tourism in the context of tourism information services. Tourism Management, 58, 293–300.
7.Porter, M. E. (1985). Competitive Advantage: Creating and Sustaining Superior Performance. New York: Free Press.
8.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida. Toshkent, 2020.
Song, H., Qiu, R. T. R., & Park, J. (2019). A review of research on tourism demand forecasting. Annals of Tourism Research, 75, 338–362.