RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA YANGI MAHSULOTLARNI BOZORGA CHIQARISHNING INTEGRATSIYALASHGAN LOYIHA-MARKETING MODELI
Keywords:
Kalit so‘zlar: loyiha boshqaruvi, Marketing 5.0, funksional integratsiya, yangi mahsulot, Go-to-Market, Agile-Scrum, Product-Market Fit, raqamli transformatsiya. [1]Abstract
Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida yangi mahsulotlarni bozorga olib kirishning (Go-to-Market) operatsion samaradorligini oshirish mexanizmlari tadqiq etilgan. Zamonaviy korxonalarda loyiha boshqaruvi (Project Management) va marketing tizimlarining an’anaviy tarzda alohida faoliyat yuritishi (funksional izolyatsiya) sababli yuzaga keladigan tizimli inqirozlar va risklar tahlil qilingan. Tadqiqot natijasida, zamonaviy Agile-Scrum metodologiyalari va Data-driven (ma’lumotlarga asoslangan) marketing vositalarini yagona boshqaruv zanjiriga birlashtiruvchi gibrid model taklif etilgan. Mazkur model mahsulot hayotiylik siklining boshlang‘ich bosqichlaridayoq bozor talablariga moslashish (Product-Market Fit) darajasini ta’minlash hamda investitsiyalar rentabelligini (ROI) oshirish imkonini beradi.