BAHORGI EKILGAN SABZAVOT EKINLARIDAN BO‘SHAGAN MAYDONLARGA TAKRORIY G‘O‘ZA EKISHNING MAHSULDORLIGIGA TA’SIRI
Keywords:
Bahorgi sabzavot, lavlagi, rediska, kashnich, takroriy g‘o‘za, unib chiqish, o‘sish, rivovlanish, barg sathi, quruq massa, paxta hosili.Abstract
Hozirgi kunda aholini qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan talabini to‘laroq qondirishda mavjud yer resurslaridan oqilona foydalanib, tuproq unumdorligini saqlash va oshirib borish, har bir gektar maydondan yuqori hosil olishda zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqish dolzarb hisoblanadi. Tajribada bahorgi osh lavlagi (N175; P175; K90 kg/ga), rediska (N140; P160; K100 kg/ga), kashnich (N60; P90; K50 kg/ga) parvarishlangan maydonga g‘o‘za ekilganda nihollar jadal unib chiqib, o‘sishi, rivojlanishi yaxshilanib, paxtadan 23,5-27,0 s/ga hosil yetishtirildi. Tajribada yuqori ma’lumotlar bahorgi muddatda kashnich (N60; P90; K50; kg/ga) ekilib parvarishlangan maydonga g‘o‘za ekilganda nihollar 79,3% unib chiqib, o‘sishi va rivojlanishi yaxshilanib, paxtadan 27,0 s/ga hosil olindi.
References
1.Abdualimov Sh.X., Tadjiev K.M. Takroriy ekilgan g‘o‘zaga oksigumat stimulyatorini qo‘llashning quruq massasiga ta’siri //Paxtachilik va donchilik ilmiy-amaliy jurnal №2-son (6) 2022. –Б. 76-80.
2.Abdualimov Sh.X., Tadjiev K.M. Takroriy ekinlardan ertaki va yuqori hosil yetishtirishda stimulyatorlarni qo‘llashning ilmiy-amaliy asoslari Monografiya. Toshkent, 2024. 329-bet.
3.Boboeva N., Negmatova S. Influence of agrotechnical measures on boiler damage in growing medium grades of cotton // Science and innovation. - 2022. -T. 1. - №. A7. - C. 152-155.
4.Dala tajribalarini o‘tkazish uslublari. Toshkent. 2007. –141 b.
5.Доспехов Б. Методика полевого опыта. 5-ое изд доп и перераб. Москва. “Агропромиздат”. 1985. -245-256 стр.
6.Ничипорович А.А. Фотосинтетическая деятельность растений в посевах: методы и задачи учёта в связи с формированием урожаев /А.А. Ничипорович. – М., 1961. – 135 стр.
7.Tadjiev M., Tadjiev K.M. G‘o‘zaning o‘sib rivojlanishi va ko‘saklar ochilishi tezlashishiga, oraliq va siderat ekinlarning ta’siri // “Tuproq unumdorligini oshirish, g‘o‘za va g‘o‘za majmuidagi ekinlarni parvarishlashda manba tejovchi agrotexnologiyalarni amaliyotga joriy etishning ahamiyati” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ma’ruzalari to‘plami (2012 yil 5-6 dekabr). Toshkent, 2012. 16-20 betlar.
8.Tadjiev M., Tadjiev K.M. Kuzgi bug‘doydan keyin ekilgan takroriy, oraliq va siderat ekinlarining paxta tolasi va urug‘lik chigit sifatiga ta’siri // “O‘zbekiston paxtachiligini rivojantirish istiqbollari” nomli respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami (2014 yil, 11-12 dekabr) (II-qism) Toshkent, 2014. 104-105 betlar.