O‘SMIR O‘Z JONIGA QASD QILISHINING GENDER XUSUSIYATLARI G'ARB VA SHARQ PSIXOLOGIYASIDA O'RGANILISHI.
Keywords:
o‘smir, suitsid, gender, G‘arb psixologiyasi, Sharq psixologiyasi, suitsidal xulq-atvor, ruhiy salomatlik, depressiya, oila, profilaktika.Abstract
Mazkur maqolada o‘smir o‘z joniga qasd qilishining gender xususiyatlari G‘arb va Sharq psixologiyasi nuqtayi nazaridan tahlil qilingan. Tadqiqotda suitsidal xulq-atvorning shakllanishiga ta’sir etuvchi psixologik, ijtimoiy, oilaviy va madaniy omillar yoritilgan. G‘arb psixologiyasida individual va klinik yondashuvlar, Sharq psixologiyasida esa oilaviy hamda ma’naviy qadriyatlarning o‘rni ochib berilgan. Shuningdek, qiz va o‘g‘il o‘smirlarda suitsidal xavfning namoyon bo‘lishidagi gender farqlari tahlil etilgan. Tadqiqot natijalari o‘smirlar o‘rtasida suitsid profilaktikasini takomillashtirish va ruhiy salomatlikni mustahkamlashda muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.
References
1.G‘oziyev E.G‘. – Yosh davrlari psixologiyasi – Toshkent: O‘qituvchi, 2020. – B. 245–267.
2.Nishonova Z.T., Alimuhamedov A.A. – Rivojlanish psixologiyasi va pedagogik psixologiya – Toshkent: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2021. – B. 312–338.
3.Vohidov M.V. – Bolalar va o‘smirlar psixologiyasi – Toshkent: O‘qituvchi, 2019. – B. 186–204.
4.Крайг Г., Бокум Д. – Психология развития – Санкт-Петербург: Питер, 2020. – С. 512–538.