Alisher Navoiyning “Layli va Majnun” dostonida iqtibos sanʼatining badiiy talqini
Keywords:
iqtibos, darj, hall, oyat, hadis, Qurʼoni Karim, Sulton Uvays Bahodir, ota-ona, komillik, odil shoh.Abstract
Mazkur maqolada Alisher Navoiyning “Layli va Majnun” dostonida iqtibos sanʼati qo‘llanishining badiiy-estetik mohiyati tahlil qilinadi. Shoir Qur’on oyatlari va hadislarni o‘z she’riy uslubiga uyg‘unlashtirib, ularni insoniy kamolot, shariatga sadoqat, adolat va ma’naviyat g‘oyalarini yorituvchi poetik vosita sifatida ishlatgan. Tadqiqotda 37-bob (Sulton Uvays Bahodir madhida)dagi iqtiboslar “darj” va “hall” turlarida o‘rganilib, ularning mazmuniy-badiiy funksiyalari ilmiy asosda yoritilgan.
References
1. Navoiy, A. To‘la asarlar to‘plami. 7-jild. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot, 2012.
2. Is’hoqov, Yo. Navoiy poetikasida iqtibos san’ati. – Toshkent: Fan, 1990.
3. Husayniy, Atoulloh. Badi’ ilmi risolasi. – Toshkent: Sharq, 1985.
4. Al-Termiziy. Jomi’ us-sahih. – Qohira, 1980.
5. Shayx Abdulaziz Mansur. Qur’on ma’nolari tarjimasi va tafsiri. – Toshkent: Mavoraunahr, 2021.
6. Karimov, B. Alisher Navoiy nasihatlari poetikasi. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2006.
7. Rasulov, X. Navoiy poetikasida badiiy san’atlar tizimi. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2017.
8. Qodirova, N. Navoiyda shohlik va adolat timsoli. – “Adabiyot va san’at” jurnali, 2020, №3.