ANDREAS GRYPHIUS SONETASI TAHLILI

Authors

  • Orifjon Rustamov Mirzokulovich SamDChTI o‘qituvchisi
  • Khakimov Sherali Zoir o‘g‘li SamDChTI 3-bosqich talabasi

Keywords:

Andreas Gryphius, Barokko adabiyoti, sonet, antitezis, Es ist alles eitel, Vanitas, Memento mori, Carpe diem, O‘ttiz yillik urush, nemis adabiyoti, o‘tkinchilik, abadiylik, diniy motivlar, barokko dunyoqarashi

Abstract

Ushbu maqolada Andreas Gryphius ijodidagi sonetlar, ayniqsa uning mashhur “Es ist alles eitel” asari tahlil qilingan. Muallif Barokko davrining asosiy xususiyatlarini, xususan antitezis uslubining ahamiyatini ochib beradi. Andreas Gryphius 17-asr nemis adabiyotining eng muhim sonet mualliflaridan biri bo‘lib, uning ijodi O‘ttiz yillik urush dahshatlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Shoir o‘z asarlarida hayotning o‘tkinchiligi, inson taqdirining beqarorligi va dunyoning behudaligi kabi mavzularni chuqur yoritgan.

Maqolada “Es ist alles eitel” sonetida antitezisning nafaqat badiiy vosita, balki falsafiy va diniy mazmun tashuvchi asosiy kompozitsion tamoyil sifatida qo‘llanilgani ko‘rsatib berilgan. Hayot va o‘lim, boylik va xaroblik, vaqt va abadiylik kabi qarama-qarshi tushunchalar orqali shoir barokko dunyoqarashini ifodalaydi. “Memento mori” va “Carpe diem” g‘oyalari ham ushbu asarda muhim o‘rin tutadi. Shuningdek, maqolada antitezisning didaktik, psixologik va metafizik funksiyalari ham tahlil qilingan. Gryphius o‘quvchini dunyoviy narsalarning o‘tkinchiligi haqida o‘ylashga va abadiy qadriyatlarga yuzlanishga undaydi. Shu sababli uning ijodi barokko adabiyotining yorqin namunasi hisoblanadi.

Downloads

Published

2026-05-10

Conference Proceedings Volume

Section

Articles

Similar Articles

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

You may also start an advanced similarity search for this article.