ABDURAUF FITRAT QARAŞLARIDA DINIY-MA’RIFIY YANGILANIŞ VA JAMIYAT TARAQQIYOTI MASALALARI
Keywords:
Abdurauf Fitrat, jadidchilik, diniy-ma’rifiy yangilanish, islom, ma’rifatparvarlik, “Rahbari najot”, “Munozara”, “Oila”, ta’lim islohoti, jamiyat taraqqiyoti, milliy uyg‘onish.Abstract
Mazkur maqolada XX asr boshlarida Õrta Osiyo ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy hayotida muhim õrin egallagan Abdurauf Fitratning diniy-ma’rifiy qarashlari hamda jamiyat taraqqiyotiga oid g‘oyalari tarixiy-ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Fitratning “Munozara”, “Hind sayyohi bayonoti”, “Rahbari najot”, “Oila”, “Muxtasar islom tarixi” kabi asarlarida ilgari surilgan ma’rifatparvarlik, diniy bilimlarni yangilash, ta’lim tizimini isloh qilish, ilm-fan va axloqiy tarbiyani rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Mutafakkirning islom dini mohiyatini ilm-ma’rifat bilan uyg‘un holda anglash, jaholat va qoloqlikka qarshi kurashish, millat kelajagini ta’lim-tarbiya orqali ta’minlash haqidagi fikrlari tahlil qilinadi. Shuningdek, Fitrat qarashlarining jadidchilik harakati va Õzbekistonda zamonaviy ma’naviy-ma’rifiy tafakkur shakllanishidagi tarixiy ahamiyati ochib beriladi.
References
1.Fitrat A. Munozara. – Samarqand: Matbaai Demurova, 1913.
2.Fitrat A. Hind sayyohi bayonoti. – Istanbul: Ahmad Komil matbaasi, 1912.
3.Fitrat A. Rahbari najot. – Petrograd: M.A. Maksutova bosmaxonasi, 1915.
4.Fitrat A. Oila yoki oila boshqarish tartiblari. – Toshkent: Ma’naviyat, 1998.
5.Fitrat A. Muxtasar islom tarixi. – Samarqand: Matbaai G‘ozoruf, 1915.
6.Fitrat A. Mavludi sharif yoki Mur’oti xayr ul-bashar. – Toshkent: Osiyo, 1914.
7.Fitrat A. Tanlangan asarlar. – Toshkent: Ma’naviyat, 2000.
8.Fitrat A. Õquv. – Boku, 1917.
9.Qosimov B. Milliy uyg‘onish: jasorat, ma’rifat, fidoyilik. – Toshkent: Ma’naviyat, 2002.
10.Alimova D.A. Jadidchilik: islohot, yangilanish, mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash. – Toshkent: Universitet, 1999.
11.Karimov N. XX asr adabiyoti manzaralari. – Toshkent: Õzbekiston, 2008.
12.Boltaboyev H. Fitrat va jadidchilik. – Toshkent: Fan, 2007.
13.Õzbek adabiyoti tarixi. XX asr boshlaridagi adabiy jarayon. – Toshkent: Fan, 1990.
14.Õzbekistonning yangi tarixi. Birinchi kitob. Turkiston chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida. – Toshkent: Şarq, 2000.