UGOM–CHOTQOL TOG‘ EKOTIZIMIDA TUPROQ EROZIYASIGA MOYILLIKNI BAHOLASHDA GIS VA MASHINALI O‘RGANISH YONDASHUVLARI
Keywords:
Kalit so’zlar: Ugom–Chotqol, tuproq eroziyasi, eroziyaga moyillik, GIS, masofadan zondlash, mashinali o‘rganish modellari, fazoviy validatsiya.Abstract
Annotatsiya. Ushbu tezisda Ugom–Chotqol tog‘ ekotizimida tuproq eroziyasiga moyillikni baholash uchun geografik axborot tizimlari (GIS), masofadan zondlash va mashinali o‘rganishni birlashtirishga asoslangan metodologik yondashuv taklif etiladi. Yondashuv relyef xususiyatlari, o‘simlik qoplami, yog‘in, yerdan foydalanish va tuproqning fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlarini yagona fazoviy ma’lumotlar bazasida uyg‘unlashtirishni nazarda tutadi. Mashinali o‘rganish modellari yordamida eroziyaga moyillikni modellashtirish, omillarning nisbiy ahamiyatini aniqlash hamda modellarning ishonchliligini fazoviy validatsiya orqali baholash rejalashtiriladi. Eroziya kuzatuvlari va tuproq laboratoriya tahlillarining modelni shakllantirishdagi vazifalari alohida ko‘rib chiqiladi. Taklif etilayotgan yondashuv eroziyaga moyil hududlarni xaritalash, tuproqni muhofaza qilish choralarini hududiy rejalashtirish va ekotizimlarni tiklash uchun ustuvor maydonlarni aniqlashga ilmiy asos yaratishga qaratilgan.
References
1.FAO. (2019). Soil erosion: The greatest challenge for sustainable soil management. Rome: Food and Agriculture Organization of the United Nations. Elektron manba.
2.FAO. (n.d.). Effects of plant cover. Elektron manba.
3.UNESCO. (n.d.). Mount Chatkal. Man and the Biosphere Programme. Elektron manba.
4.Roberts, D. R., Bahn, V., Ciuti, S., Boyce, M. S., Elith, J., Guillera-Arroita, G., Hauenstein, S., Lahoz-Monfort, J. J., Schröder, B., Thuiller, W., Warton, D. I., Wintle, B. A., Hartig, F., & Dormann, C. F. (2017). Cross-validation strategies for data with temporal, spatial, hierarchical, or phylogenetic structure. Ecography, 40(8), 913–929. https://doi.org/10.1111/ecog.02881.
5.Intergovernmental Panel on Climate Change. (2022). Asia. In Climate change 2022: Impacts, adaptation and vulnerability (Chapter 10). Cambridge University Press.
Downloads
Published
Conference Proceedings Volume
Section
License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial-ShareAlike 4.0 International License.