ALAYA PIRAKANTANI (PYRACANTHA COCCINEA ROEM.) SHO‘R TUPROQLARDA QALAMCHADAN VA URUG‘DAN KO‘PAYTIRISH SAMARADORLIGI

Authors

  • Usmonova Gulmira Xusan qizi

Keywords:

Pyracantha coccinea, alaya pirakanta, sho‘r tuproq, qalamcha, urug‘, stratifikatsiya, Kornevin, geteroauksin, ildiz otish, unuvchanlik.

Abstract

 Ushbu maqolada alaya pirakanta — Pyracantha coccinea Roem. turini sho‘r tuproqlarda qalamcha va urug‘ orqali ko‘paytirish imkoniyatlari hamda samaradorligi yoritilgan. Tadqiqotlar davomida qalamchalarning turli uzunliklari, ekish muddatlari, ildiz hosil qilish stimulyatorlaridan foydalanish va urug‘larni ekishdan oldingi tayyorlash usullarining nihol hosil bo‘lishiga ta’siri o‘rganildi. Kuzgi muddatda 8, 12 va 16 sm uzunlikdagi qalamchalar ildiz hosil qilmagan, suvda esa ildizsimon tuzilmalar hosil bo‘lsada, ular tuproq sharoitiga moslasha olmagan. Bahorgi qalamchalarga Kornevin va geteroauksin bilan ishlov berilganda umumiy ildiz otish ko‘rsatkichi 30 % ni tashkil etdi. Urug‘ tajribalarida esa 25 °C haroratda stratifikatsiyadan o‘tkazilgan urug‘larda 30 % unuvchanlik kuzatildi. Olingan natijalar P. coccinea ni ko‘paytirishda qalamchalarni bahorgi muddatda stimulyatorlar bilan ishlov berish hamda urug‘larni sovuq stratifikatsiyadan o‘tkazish muhim ekanligini ko‘rsatdi.

References

1.Eshonqulov B. O‘simliklar introduksiyasi va moslashuvi. – Toshkent, 2020.

2.Xolmurodov M. Urug‘shunoslik va ko‘chat yetishtrish asoslari. – Toshkent, 2018.

3.Dirr M.A., Heuser C.W. The Reference Manual of Woody Plant Propagation: From Seed to Tissue Culture. 2nd ed. – Portland, Oregon: Timber Press, 2006. – 424 p.

4.Hartmann H.T., Kester D.E., Davies F.T., Geneve R.L., Wilson S.B. Hartmann & Kester’s Plant Propagation: Principles and Practices. 9th ed. – Pearson, 2017.

5.Sharifi-Rad J., Song S., Ali A., Subbiah V., Taheri Y., Suleria H.A.R. LC-ESI-QTOF-MS/MS characterization of phenolic compounds from Pyracantha coccinea M.Roem. and their antioxidant capacity // Cellular and Molecular Biology. – 2021. – Vol. 67, No. 1. – P. 201–211.

6.Xalilova K.A. Pirakanta (Pyracantha coccinea Roem.) ko‘chatlarini jadal yetishtirish va uning plantatsiyasini barpo qilish // Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya. – 2025.

Downloads

Published

2026-09-28