YUQUMLI KASALLIKLAR FANINI VAK MODELI ASOSIDA O‘QITISHDA TALABALARNING KLINIK FIKRLASH VA AMALIY-KLINIK KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH SAMARADORLIGI

Authors

  • Qayumov Avazbek Mutalibovich Andijon davlat tibbiyot instituti, O‘zbekiston.

Keywords:

tibbiy ta’lim, VAK modeli, yuqumli kasalliklar, amaliy-klinik kompetensiya, klinik fikrlash, differensial diagnostika, multimodal ta’lim.

Abstract

Tibbiy ta’limda talabaning bilimini baholashning o‘zi yetarli emas; u klinik vaziyatni tahlil qila olishi, anamnez yig‘ishi, simptomlarni o‘zaro bog‘lashi, differensial tashxis o‘tkazishi va bemor bilan asosli muloqot olib borishi kerak. Yuqumli kasalliklar fanida bu talab yanada muhim, chunki klinik holatning rivojlanishi, epidemiologik anamnez va laborator ma’lumotlarni bir vaqtda baholash zarur bo‘ladi. Dissertatsiyada taklif etilgan VAK (Visual, Auditory, Kinesthetic) modeli aynan shu vazifani multimodal o‘qitish orqali hal etishga qaratilgan. Mazkur yondashuvda ko‘rish, eshitish va amaliy-harakat faoliyati alohida emas, balki bitta klinik maqsad atrofida uyg‘unlashtiriladi.

References

1. Omonov B. Tibbiy ta’limda VAK modeli asosidagi amaliy mashg‘ulotlar. Buxoro: Ilm va Amal, 2023. 188 b.

2. Rakhimov R.A. Tibbiyot ta’limida simulyatsion metodlardan foydalanish. Toshkent: TTA nashriyoti, 2020. 198 b.

3. Talipov A., Otajonova Z. Yuqumli kasalliklarda klinik kompetensiya: pedagogik va amaliy yondashuvlar. Andijon: Tibbiyot olami, 2022. 203 b.

Downloads

Published

2026-09-20