“MASLAHAT” NUTQIY AKTINING KOGNITIV TADQIQI
Abstract
Ushbu tezisda “maslahat” nutqiy aktining kognitiv xususiyatlari tahlil qilinadi. Maslahat insonlar o‘rtasidagi muloqotda muhim pragmatik birlik bo‘lib, u so‘zlovchining tinglovchiga muayyan vaziyatda to‘g‘ri qaror qabul qilishga yordam berish maqsadini ifodalaydi. Tadqiqotda maslahat nutqiy aktining shakllanishida bilim, tajriba, niyat, baholash va vaziyatni anglash kabi kognitiv omillarning o‘rni yoritiladi. Shuningdek, maslahat berish jarayonida so‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasidagi ijtimoiy munosabat, kommunikativ maqsad va nutqiy strategiyalar muhim ahamiyatga ega ekani ko‘rsatib beriladi.
Downloads
Published
Conference Proceedings Volume
Section
License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial-ShareAlike 4.0 International License.