“ZAMONAVIY YOSHLAR NUTQIDA INTERNET LEKSIKASINING QO’LLANISHI VA UNING LINGVISTIK XUSUSIYATLARI”

Authors

  • Ibragimova Robiya Baxtiyorjon qizi Andijon davlat chet tillari instituti Xorijiy filologiya va turizm fakulteti AF 102 – guruh talabasi

Keywords:

internet tili, yoshlar nutqi, internet leksikasi, nutq madaniyati, ijtimoiy tarmoqlar, sleng, qisqartmalar, lingvistik xususiyatlar, adabiy til, zamonaviy kommunikatsiya, til me’yorlari, axborot texnologiyalari.

Abstract

Ushbu maqolada zamonaviy internet tarmog‘ining yoshlar nutqiga ko‘rsatadigan ta’siri keng yoritib beriladi. Bugungi kunda internet va ijtimoiy tarmoqlarning insonlar hayotidagi o‘rni tobora ortib borayotganligi sababli, yoshlar nutqida yuz berayotgan o‘zgarishlar tilshunoslik nuqtayi nazaridan o‘rganiladi. Maqolada internet tilining shakllanishi, rivojlanishi va uning o‘ziga xos lingvistik xususiyatlari haqida ma’limot beriladi.

  Shuningdek, yoshlar nutqida keng qo‘llaniladigan internet so‘zlari, qisqartmalar, slenglar va xorijiy tillardan o‘zlashgan so‘zlarning ishlatilishi tahlil qilinadi. Ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar orqali shakllanayotgan yangi muloqot uslublarining yoshlarning og‘zaki hamda yozma nutqiga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Maqolada internet tilining ijobiy va salbiy jihatlari alohida o‘rganiladi. Xususan, internetning muloqot tezligini oshirish, yangi so‘zlarning o‘zlashtirilishiga yordam berish kabi imkoniyatlari bilan bir qatorda, imloviy xatolar, so‘zlarni noto‘g‘ri yozish va adabiy til me’yorlarining buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan holatlar ham tahlil etiladi.

  Maqola  davomida internet tilining zamonaviy o‘zbek tili rivojiga ta’siri aniqlanadi hamda yoshlar nutqida adabiy til me’yorlariga rioya qilishning ahamiyati ochib beriladi. Shu bilan birga, internet muloqotida savodxonlikni oshirish, to‘g‘ri yozish va nutq madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha tegishli xulosalar shakllantiriladi.

References

1.Crystal, D. (2006). Language and the Internet. Cambridge University Press.

2.Begmatov, E. (2018). Hozirgi oʻzbek adabiy tili (Leksikologiya). Toshkent: Fan.

3.Jamolxonov, H. (2005). Hozirgi oʻzbek adabiy tili. Toshkent: Talqin.

4.Mahmudov, N. (2019). Til va nutq madaniyati. Toshkent: Maʼnaviyat.

Downloads

Published

2026-11-11